O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Davlatimiz rahbari bu yerda «Sirdaryo universal oyna» korxonasi faoliyati, farmatsevtika va oziq-ovqat tarmoqlari uchun shisha idishlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishmoqda.

Tashrif davomida Xovos va Mirzaobod tumanlari, Yangiyer va Guliston shaharlariga borish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish sohalarida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.