Alisher Saidabbosovich Sultonovga bosh vazirning yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasini bajarish ham yuklandi, deya xabar qildi Adliya vazirligi Telegram-kanalida.

Alisher Sultonov fevral boshida energetika vaziri lavozimiga tayinlangan edi. Unga qadar bosh vazir o‘rinbosari — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.