O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev salomatligi tufayli o‘z lavozimini tark etdi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, Abdullayev Ixtiyor Baxtiyorovich sog‘ligi yomonlashgani tufayli o‘z arizasiga binoan (keyingi bir yilda bo‘yin va bel umurtqa pog‘onasida ikki marta og‘ir jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan) lavozimidan ozod etildi.

Ixtiyor Abdullayev 2018 yil 31 yanvar kuni DXXga rahbar bo‘lgan edi. 2015 yildan u O‘zbekiston bosh prokurori, 2009 yildan — prezidentning davlat maslahatchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Uning o‘rnini sobiq O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Abdusalom Azizov egalladi. Abdusalom Azizov (1960 y. t.) 2017 yil sentyabridan Mudofaa vazirligini boshqarib kelayotgan edi.

Abdusalom Azizov.

Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni Bahodir Qurbonov mudofaa vaziri etib tayinlandi.Bahodir Qurbonov.

General-mayor Bahodir Qurbonov mudofaa vaziri etib tayinlangunga qadar 2018 yil fevralidan mudofaa vaziri o‘rinbosari, Toshkent shahri, poytaxt va Sirdaryo viloyatlari hududini o‘z ichiga olgan Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan. 2015 yil dekabridan u IIBB rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.