O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 fevral kuni Allamjonov Komil Ismailovichni O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi xabar berdi.

Avval xabar qilganimizdek, davlat rahbarining 2 fevraldagi yangi mahkama faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorida agentlik direktori o‘z maqomiga ko‘ra prezident maslaxatchisining birinchi o‘rinbosariga tenglashtirilgan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi prezidentning 2 fevraldagi farmoni bilan sobiq O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA) negizida tashkil etildi.

Komil Allamjonov (1984 y. t.) noyabr oxirida O‘zMAA bosh direktori v. b. etib tayinlangan edi. Avval prezident matbuot kotibi va bir vaqtining o‘zida davlat rahbari ijro apparati rahbari o‘rinbosari edi.