Timur Allayarov Vazirlar Mahkamasining 5 maydagi qarori bilan transport vazirining logistika va turizmni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» ga hukumat matbuot xizmati xabar bermoqda.

Timur Allayarov Xalqaro Vestminster universiteti bitiruvchisi. Mazkur lavozimga tayinlanishidan avval Vazirlar Mahkamasida, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida va boshqa davlat idoralarida turli lavozimlarda ishlagan.