Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon farmoni bilan Abdujabbor Rahmonzoda Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda Asia-Plus.

Mazkur tayinlovdan avval, Abdujabbor Rahmonzoda Tojikiston prezidentining ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Tojikiston davlat teleradio raisi, ta’lim va fan vaziri, Tojikiston davlat pedagogika universiteti rektori lavozimlarida ishlagan.