Azizxon Maksumov Andijon viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot hizmati xabar bermoqda.

Bundan avval, Azizxon Maksumov Andijon viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Hududiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat yuritgan.