Toshkent viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib Jamshid Babajanov tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jamshid Babajanov 2007 yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, «Milliy PR markazi» DUK direktori lavozimida faoliyat yuritgan.