Botir Nuriddinov Namangan viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur tayinlovdan avval Botir Nuriddinov viloyat hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan.

Botir Nuriddinov 1976 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1998 yili Namangan muhandislik pedagogika institutini, 2010 yili O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini, 2016 yil Yaponiya davlati Osiyo va Tinch okeani universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi-menedjer, xalqaro aloqalar.

Mehnat faoliyatini 2000−2017 yillar davomida Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari bo‘yicha Namangan viloyat boshqarmasi, Namangan viloyat ko‘chmas mulk birjasi, O‘zagrosug‘urta DASK Namangan shahar bo‘limi, Namangan shahar hokimligida mas’ul lavozimlarida va Yaponiya davlati HOPEAS savdo kompaniyasi menedjeri lavozimlarida faoliyat yuritgan.