Siyosat

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi jamg‘arma tashkil etildi
7 may 2021, 12:40

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi jamg‘arma tashkil etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi jamg‘arma tashkil etilib, 2021 yilda unga 50 mlrd so‘mgacha miqdorda mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘lar esa xorijdan jalb qilinadigan malakali tibbiyot xodimlari hamda mahalliy iqtidorli mutaxassislarga zarur shart-sharoitlar yaratish va ularni moddiy rag‘batlantirishga sarflanadi.

Tomskda migratsiya xizmati xodimi O‘zbekiston fuqarosini kaltaklagani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
7 may 2021, 12:21

Tomskda migratsiya xizmati xodimi O‘zbekiston fuqarosini kaltaklagani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Rossiyaning Tomsk shahrida O‘zbekiston fuqarosini kaltaklagan migratsiya xizmati xodimiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Qishloqlarda 5 tadan chet tillariga o‘qitish nodavlat o‘quv markazlari tashkil etiladi
7 may 2021, 11:38

Qishloqlarda 5 tadan chet tillariga o‘qitish nodavlat o‘quv markazlari tashkil etiladi

Qishloq tumanlarida beshtadan chet tillariga o‘qitish nodavlat o‘quv markazlari tashkil etiladi. Bo‘sh bino ajratish, kerakli jihozlar va adabiyotlar sotib olishga 50 mln so‘mgacha bir martalik beg‘araz ko‘mak beriladi. Bundan tashqari, BMT hamkorligida Diplomatiya universitetida Chet tillarini chuqur o‘rgatish markazi tashkil etilishi kutilmoqda.

Maktablarni rag‘batlantirish uchun prezident sovrini ta’sis etiladi
6 may 2021, 18:19

Maktablarni rag‘batlantirish uchun prezident sovrini ta’sis etiladi

Chet tillari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish uchun prezident sovrini ta’sis etiladi. Unda tuman va shahar bosqichi g‘olibi 100 mln so‘m, viloyat bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 250 mln so‘m va respublikada eng yaxshi maktab maqomiga erishgan muassasa 500 mln so‘m bilan taqdirlanadi.

«Hokimlar ham endi chet tilini bilishi kerak» — prezident
6 may 2021, 18:11

«Hokimlar ham endi chet tilini bilishi kerak» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev kelgusi yildan boshlab davlat idoralariga ishga qabul qilish va yangi lavozimga tayinlashda xorijiy tilni bilish majburiy bo‘lishini ma’lum qildi. Chet tilini yaxshi bilgan xodimlarning ish haqiga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama belgilanadi. Shuningdek, davlat rahbari nodavlat ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tildagi yangi telekanallarni ishga tushirish va qizlarni chet tillarini o‘rganishga faol jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

2021 yildan chet tili o‘qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritiladi
6 may 2021, 17:58

2021 yildan chet tili o‘qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritiladi

Prezident videoselektorda bundan buyon, xorijiy tillar o‘qituvchilarining oylik maoshi, ularning malakasiga qarab belgilanishini ma’lum qildi. Qolaversa, 2021 yildan chet tili o‘qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritilishi aytildi. «Keyingi 3 yil davomida maktablardagi jami 53 ming nafar chet tili o‘qituvchilari xalqaro sertifikat olishlari zarur», — dedi u.

«Muammolarni sun’iy yaratish, fitna qo‘zg‘ashga o‘xshash harakat qilayotganga o‘xshaydi» — Rasul Kusherbayev «Milliy tiklanish» partiyasi haqida
6 may 2021, 17:37

«Muammolarni sun’iy yaratish, fitna qo‘zg‘ashga o‘xshash harakat qilayotganga o‘xshaydi» — Rasul Kusherbayev «Milliy tiklanish» partiyasi haqida

Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev «Milliy tiklanish» gazetasida O‘zLiDeP partiya a’zolari haqidagi maqolani «bozorbop chiqish» deb atadi. «Hammani birdek, bir qolipda fikrlashga o‘rgatish va ayttirish sobiq ittifoq mafkurasiga xos ish va bu „Milliy tiklanish“ partiyasiga yoqqan ko‘rinadi», — dedi deputat. Kusherbayev partiya muamollarni sun’iy yaratish, nizo chiqarish kabi harakatlarni qilayotganga o‘xshayotganligini ta’kidladi.

«Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etiladi» — prezident
6 may 2021, 17:33

«Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etiladi» — prezident

Videoselektorda Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishi ma’lum qilindi. U samarali o‘qitish metodikalari, dastur va darsliklarini bog‘cha, maktab, litsey, oliygoh va o‘quv markazlarida joriy etadi. «Agentlik ta’lim muassasalari, tarmoqlar va hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, kamida 10 ta chet tilini o‘rgatishni tashkillashtiradi», — dedi prezident.

«Har bir bitiruvchi kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishi shart» — Shavkat Mirziyoyev
6 may 2021, 17:08

«Har bir bitiruvchi kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishi shart» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident videoselektorda 53 ming nafar o‘qituvchining atigi 4 foizi milliy va xalqaro sertifikatga egaligi, 11 ming o‘qituvchining 49 foizi esa testdan o‘ta olmaganini ta’kidladi. Davlat rahbari bundan buyon bitiruvchilar kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishi kerakligini aytdi. «Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim», — dedi u.

Botir Saidov Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi
6 may 2021, 16:50

Botir Saidov Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Botir Saidov Xorazm viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

TIV rahbari Abdulaziz Kamilovning may-iyun oylarida Bryusselga borishi kutilmoqda
6 may 2021, 15:32

TIV rahbari Abdulaziz Kamilovning may-iyun oylarida Bryusselga borishi kutilmoqda

O‘zbekiston may-iyun oylarida Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni faollashtiradi. 23−27 may kunlari YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian mamlakatga kelishi, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning esa Bryusselga tashrifi kutilmoqda.

2021 yilda bepul davolanish orderlari uchun qo‘shimcha 80 mlrd so‘m ajratiladi
6 may 2021, 13:26

2021 yilda bepul davolanish orderlari uchun qo‘shimcha 80 mlrd so‘m ajratiladi

2021 yilda respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida bepul davolanishga orderlar berish uchun qo‘shimcha 80 mlrd so‘m ajratilmoqda. 1 noyabrga qadar bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi order berish tizimi joriy etiladi. Ehtiyojmand oilalar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» orqali aniqlanadi.

Toshket shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari tayinlandi
6 may 2021, 12:54

Toshket shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari tayinlandi

Polkovnik Ravshan Sultanxodjayev Toshket shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

Hamshiralik ishi o‘zini o‘zi band qiluvchi faoliyat turiga kiritiladi
6 may 2021, 12:47

Hamshiralik ishi o‘zini o‘zi band qiluvchi faoliyat turiga kiritiladi

Prezident farmoni bilan 1 iyuldan boshlab hamshiralik ishi o‘zini o‘zi band qiluvchi faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi. Hamshiralik bilan faqat o‘rta tibbiy yoki oliy ma’lumotga ega SSVning axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan, qolaversa, belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirib borganlar shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi.

Respublika tibbiyot muassasalari rahbarlari og‘ir sharoitli tumanlarga borib ishlaydi
6 may 2021, 11:45

Respublika tibbiyot muassasalari rahbarlari og‘ir sharoitli tumanlarga borib ishlaydi

Prezident farmoniga asosan respublika tibbiyot muassasalari rahbar va mutaxassislari og‘ir sharoitli tumanlarning tibbiyot birlashmalarida shartnoma asosida ishlaydi. Ularning asosiy ish joyidagi oyligi saqlanib qoladi hamda tuman tibbiyot birlashmasidagi lavozimidan ham maosh oladi. Bundan tashqari, oilaviy poliklinikalarga 2021−2022 yillarda 10 mingtadan o‘rta tibbiyot xodimlari shtatlari ajratiladi.

«Maqsadimiz iste’molchiga elektr energiyasini sotib, foyda qilish». ASKUE haqida Data center rahbari bilan intervyu
5 may 2021, 18:29

«Maqsadimiz iste’molchiga elektr energiyasini sotib, foyda qilish». ASKUE haqida Data center rahbari bilan intervyu

«Bizning maqsadimiz iste’molchiga elektr energiyasini sotib, foyda qilish», — deydi Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi direktori Ravshan Mirsalixov «Gazeta.uz» muxbiri bilan suhbatda. U ASKUE hisoblagichi atrofidagi salbiy fikr-mulohazalarga ham to‘xtalib o‘tdi. Qolaversa, yaqin orada elektr energiyasi narxi oshishi va aholi to‘liq tizimga ulangach alohida tariflar joriy etilishi mumkinligi, hududlarda nega ikki xil hisoblagich o‘rnatilayotgani va boshqa savollarga javob berdi.

Jamol Nosirov Buxoro shahar hokimi etib tayinlandi
5 may 2021, 14:36

Jamol Nosirov Buxoro shahar hokimi etib tayinlandi

Xalq deputatlari Buxoro shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Jamol Nosirov shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

XDP Samarqand viloyat kengashiga O‘zLiDeP deputati rais etib saylangan — OAV
5 may 2021, 14:29

XDP Samarqand viloyat kengashiga O‘zLiDeP deputati rais etib saylangan — OAV

XDP Samarqand viloyat kengashiga O‘zLiDeP deputati rais etib saylanganligi, partiya xodimlari buni sharmandalik deb baholashayotgani aytilmoqda. XDP bergan bayonotga ko‘ra, deputat partiyaning viloyat kengashi rahbari etib saylanishidan oldinroq fevral oyida XDP a’zoligiga qabul qilingan. U O‘zLiDeP a’zoligidan chiqqarilganligi ham ta’kidlanmoqda.

Timur Allayarov transport vazirining turizm va logistikani rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi
5 may 2021, 12:23

Timur Allayarov transport vazirining turizm va logistikani rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi

Transport vazirining logistika va turizmni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi etib Timur Allayarov tayinlandi.

Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
5 may 2021, 11:34

Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Buxoro viloyati hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Botirjon Shaxriyorov Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting