Siyosat

Turkmanistonda Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining Forumi bo‘lib o‘tdi
6 avgust 2021, 22:33

Turkmanistonda Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining Forumi bo‘lib o‘tdi

Turkmanistonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi bilan parallel ravishda mintaqaning yetakchi ayollari muloqoti Forumi ham o‘tkazildi. O‘zbekiston muloqotda raisligi doirasida uni yangi maslahatlar platformasiga aylantirishni mo‘ljallamoqda.

6 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
6 avgust 2021, 21:00

6 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda pandemiya boshidan beri eng ko‘p kunlik koronavirus holatlari aniqlanishi, “Milliy tiklanish” Alisher Qodirov nomzodini prezidentlik saylovlarida ilgari surishi, o‘zbekistonlik kurashchi Bekzod Aburahmonov Olimpiadada bronza medali olishi — “Gazeta.uz"ning 6 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari nimalarga kelishib oldilar?
6 avgust 2021, 20:16

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari nimalarga kelishib oldilar?

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, kasalliklar va bioxavfsizlik ustidan nazorat bo‘yicha mintaqaviy markazlar tarmog‘ini hamda BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etishga kelishib oldilar. Davlatlar iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini yumshatish, muzliklarni saqlab qolish, o‘rmonlar maydonlarini kengaytirish va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishda birgalikda ishlashni davom ettiradi.

«Mintaqa muammolarining yechimiga birgalikda erishamiz. Boshqa muqobil yo‘l yo‘q!» — Shavkat Mirziyoyev
6 avgust 2021, 14:28

«Mintaqa muammolarining yechimiga birgalikda erishamiz. Boshqa muqobil yo‘l yo‘q!» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi Maslahat uchrashuvida nutq so‘zladi. Unda davlat rahbari pandemiya sababli to‘xtatilgan transport harakatini to‘liq tiklash, test natijalari va emlash sertifikatlarini tan olish bo‘yicha yagona axborot tizimini ishga tushirish, oziq-ovqat xavfsizligini monitoring qilish bo‘yicha mintaqaviy tizimni joriy qilishni taklif etdi.

«Saylovda g‘olib bo‘lishni niyat qilyapmiz» — Alisher Qodirov
6 avgust 2021, 14:16

«Saylovda g‘olib bo‘lishni niyat qilyapmiz» — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishni niyat qilayotganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, ushbu saylov avvalgilaridan farq qiladi. Shuningdek, u agar prezident etib saylansa, dastlab ta’lim va tarbiya sohalarida islohotlarni amalga oshirishini aytib o‘tdi.

Afg‘oniston: Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi ko‘prikmi yoki ajratuvchi omil?
6 avgust 2021, 12:30

Afg‘oniston: Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi ko‘prikmi yoki ajratuvchi omil?

Afg‘oniston Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligini rivojlantirishda geografik jihatdan muhim rol o‘ynaydi. Mustaqil tadqiqotchi Akram Umarov mintaqalar davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muammolar va imkoniyatlarda Afg‘oniston omili haqida yozadi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi (foto)
6 avgust 2021, 12:01

Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi (foto)

Turkmanistonning «Avaza» milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo mamlakatlari prezidentlarining norasmiy formatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

«Milliy tiklanish» Alisher Qodirov nomzodini prezidentlik saylovlarida ilgari suradi
6 avgust 2021, 11:52

«Milliy tiklanish» Alisher Qodirov nomzodini prezidentlik saylovlarida ilgari suradi

2021 yilgi prezidentlik saylovlariga «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan Alisher Qodirov nomzodi e’lon qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
6 avgust 2021, 10:59

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 avgust kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Davlat rahbarlari transport-logistika, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni muhokama qildilar.

5 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
5 avgust 2021, 21:33

5 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda Gul yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etilishi, O‘zbekistonda pandemiya boshidan beri eng ko‘p kunlik koronavirus holatlari aniqlanishi, bosh vazirning koronavirusga qarshi emlanishi — “Gazeta.uz"ning 5 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi
5 avgust 2021, 16:02

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Turkmanistonga yo‘l oldi.

BMTning din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
5 avgust 2021, 15:11

BMTning din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid sentyabr oyida hamkorlik dasturini yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Dastur doirasida davlat organlari, fuqarolik jamiyati va diniy tashkilotlar vakillari uchun qator seminarlar va treninglar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Bosh vazir Abdulla Aripov o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlangan
5 avgust 2021, 11:54

Bosh vazir Abdulla Aripov o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlangan

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2021 yil boshida o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan to‘liq emlangan.

«Adolat» partiyasi prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini e’lon qildi
5 avgust 2021, 11:42

«Adolat» partiyasi prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini e’lon qildi

2021 yilgi prezidentlik saylovlariga «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tomonidan partiya rahbari Bahrom Abduhalimov nomzodi e’lon qilindi.

Tokio-2020. 5 avgust uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali
5 avgust 2021, 01:18

Tokio-2020. 5 avgust uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining 13-kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 8 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
4 avgust 2021, 21:32

Jahon yangiliklari dayjesti

Nigeriyada qaroqchilarning 80 nafar o‘quvchi evaziga 194 ming dollar talab qilayotgani, Chexiyada ikkita yo‘lovchi poyezdining to‘qnashgani, JSSTning revaksinatsiyaga moratoriy joriy etishni taklif qilayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

4 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
4 avgust 2021, 21:08

4 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolovning Olimpiya o‘yinlari finaliga yo‘l olishi, Ekopartiyaning prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini e’lon qilishi, aholi murojaatlarini hal qilish uchun “Tezkor shtablar” tashkil etilayotgani — “Gazeta.uz"ning 4 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammitida qatnashadi
4 avgust 2021, 17:44

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammitida qatnashadi

5−6 avgust kunlari Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Prezidentlar mintaqaning rivojlanishi, energetika va transport sohasida hamkorlik, pandemiyaga qarshi kurash va boshqa masalalarni muhokama qilishadi.

Ekopartiya prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini e’lon qildi
4 avgust 2021, 12:42

Ekopartiya prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini e’lon qildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan prezidentlik saylovlarida Narzulla Oblomurodov nomzod sifatida qatnashadi. Partiya prezidentlik saylovlarida ilk bora ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
4 avgust 2021, 12:18

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida korrupsiya, narkotik moddalarni noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo hujjatlar imzolandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting