O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov Birlashgan Millatlar Tashkilotining din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar berdi«Dunyo» AA.

Maxsus ma’ruzachi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi yangi qonunning qabul qilinishini mamnuniyat bilan qabul qildi va bu orqali diniy erkinlikni ta’minlash uchun «qonunchilik tizimiga ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar kiritilganini» ta’kidladi.

Suhbatda ushbu aktning qabul qilinishi barcha dinlar va e’tiqodlar uchun inklyuziv makonni saqlashga imkon beradigan, samarali huquqni qo‘llashni ta’minlashga qaratilgan o‘zaro ta’sirning yangi bosqichining boshlanishi ekanligi qayd etildi.

Ahmad Shahid O‘zbekiston hukumati bilan o‘rnatilgan konstruktiv muloqotni davom ettirishga va Nyu-York shahar universitetining Ralf Banch nomidagi xalqaro tadqiqotlar Instituti (CUNY-RBI) va Esseks huquq maktabi (Essex-HRC) ko‘magida texnik yordam bo‘yicha dasturni yo‘lga qo‘yish uchun sentabr oyining boshida O‘zbekistonga tashrif buyurishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Dasturda tegishli davlat organlari, fuqarolik jamiyati va diniy tashkilotlar vakillari uchun qator seminarlar va treninglar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, dastur BMTning inson huquqlari ko‘rsatkichlariga asoslangan monitoring va baholashning milliy tizimini ishlab chiqish bo‘yicha konsultativ tavsiyalar beriladi.

BMTning maxsus ma’ruzachisi «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumini o‘tkazish rejalarini ma’qulladi va konferensiya yakunlari bo‘yicha «Buxoro deklaratsiyasi» ni qabul qilishning alohida ahamiyatini ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston tarixan diniy va konfessional xilma — xil merosiga ega bo‘lgan Islom markazi hisoblanadi.

Ahmad Shahid Buxoro deklaratsiyasi loyihasini ishlab chiqishda zarur konsultativ yordam ko‘rsatishga, shuningdek dekabr oyida O‘zbekistonga ushbu xalqaro konferensiya ishida ishtirok etish uchun tayyorligini tasdiqladi.