Prezidentlik saylovlarida Ekopartiya tomonidan partiya markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Narzulla Oblomurodov nomzod sifatida qatnashadi. Bu haqda partiya markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda partiya matbuot xizmati.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston Ekologik partiyasi prezidentlik saylovlarida ilk bora ishtirok etmoqda.

Partiyaning saylovoldi platformasidagi quyidagi asosiy yo‘nalishlar ma’lum qilindi deya xabar bermoqda Kun.uz.

Unga ko‘ra:

  • ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish;
  • atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholi uchun qulay yashash sharoitlar yaratish;
  • iqlim o‘zgarishlariga moslashish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish va Orolbo‘yi hududini yanada rivojlantirish;
  • davlat va jamiyat boshqaruvi, sud-huquq tizimida islohotlar samaradorligini oshirish;
  • sog‘liqni saqlash, ta’lim, ilm-fan va madaniy-ma’rifiy sohalarni yanada rivojlantirish;
  • tashqi siyosat va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

O‘zbekistonda prezident saylovlari kuni 24 oktyabrga belgilangan. Saylov kampaniyasiga 23 iyulda start berildi.