Gul yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etildi

O‘zbekistonda Gul yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etildi. Andijon, Namangan va Jizzax viloyatlarining bir qator tumanlari gul yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

Antirekord yangilandi: 4 avgust kuni O‘zbekistonda 951 kishida koronavirus aniqlandi

Chorshanba kuni O‘zbekistonda pandemiya boshidan beri eng ko‘p kunlik koronavirus holatlari aniqlandi: 951 nafar kishida ushbu infeksiya qayd etilgan. 9 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, juma kuni 559 kishida pnevmoniya qayd etildi, 4 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

eanticor.uz sayti orqali korrupsiya holatlari haqida xabar berish mumkin

Korrupsiya holatlari haqida Antikorrupsiya agentligini xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus sayt ishlab chiqildi. Fuqarolar murojaatlari asosida vazirlik, idoralar, viloyat va tumanlarning statistik reytingi ham tuziladi.

“Adolat” partiyasi prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini e’lon qildi

2021 yilgi prezidentlik saylovlariga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan partiya rahbari Bahrom Abduhalimov nomzodi e’lon qilindi.

Bosh vazir Abdulla Aripov o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlangan

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2021 yil boshida o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan to‘liq emlangan.

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Turkmanistonga yo‘l oldi.

Namanganda shifokorni do‘pposlagan shaxslar qamoqqa olindi

Namangandagi oilaviy poliklinkada shifokorni do‘pposlagan aka-ukalarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shifokorga tibbiy tekshiruv davomida bir necha jarohatlar tashxisi qo‘yilgan.

O‘zbekistonda COVID-19 savollari bo‘yicha HealthBuddy+ chat-boti ishga tushirildi

YUNISEF va JSST, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda COVID-19 haqidagi ishonchli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan HealthBuddy+ chat-botini ishga tushirishdi.

Qibray uchun issiqlik energiyasiga yangi tarif tasdiqlandi

Toshkent viloyatining Qibray tumani uchun issiqlik energiyasiga yangi tariflar 20 avgustdan kuchga kiradi.

DTM internetda tarqalgan test materiallari bo‘yicha izoh berdi

Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan test materiallaridan faqatgina biologiya faniga oid topshiriqlar Namangan viloyatida abituriyent tomonidan suratga olingani va u dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilganini ma’lum qildi.

Tokio-2020: O‘zbekiston Olimpiadaning o‘n uchinchi kunini medalsiz yakunladi

Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘n uchinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika, erkin kurash hamda zamonaviy beshkurash bellashuvlarida qatnashishdi. Musobaqaning navbatdagi kunini O‘zbekiston medalsiz yakunlagan bo‘lsa ham, yengil atletikachi Safina Sadullayeva va erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov medallar uchun kurashni davom ettirishmoqda.

O‘zbekistonga yana 90 ming doza “Sputnik V” vaksinasi keltiriladi — SSV

Yaqin kunlarda “Sputnik V” vaksinasining 90 ming dozalik 2-komponenti yaqin kunlarda O‘zbekistonga keltirilishi kutilmoqda. Bir qator olimlar “Sputnik V” vaksinasining birinchi va ikkinchi komponentlari bilan emlanish oralig‘ini 21 kundan 90 kungacha uzaytirish mumkinligini ma’lum qilishgan.

Tokio-2020. Koronavirus sababli O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida o‘zgarish bo‘ldi

Badiiy gimnastika bo‘yicha yakkalik dasturida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan Sabina Tashkenbayevada koronavirus aniqlandi. Endilikda uning o‘rniga Yekaterina Fetisova Olimpiadada qatnashadi.

Qashqadaryoda Lacetti yuk mashinasiga urildi. Oqibatda 4 kishi vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida Lacetti va Isuzu to‘qnashishi oqibatida yong‘in chiqdi. Lacetti avtomobilidagi to‘rt nafar fuqaro kuyib, vafot etdi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

O‘zini o‘zi band qilganlar kim va ushbu maqom nima beradi?

O‘zini o‘z band qilish maqomi nimani anglatadi, uni qanday olish mumkin va bu maqom O‘zbekistonda 2021 yilda qanday foyda berishi haqida so‘z yuritamiz.