Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 5 avgust kuni Turkmanboshi shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot хизматихабар bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev ushbu shahar yaqinidagi «Avaza» milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

Shuningdek, sammit doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Turkmaniston prezidenti raisligida o‘tadigan tadbirda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham qatnashadi. Davlat rahbarlari 2019 yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tgan Maslahat uchrashuvida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi natijalarini ko‘rib chiqadilar.