Milliy olimpiya qo‘mitasi 5 avgust kuni Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar chiqishlari jadvalini e’lon qildi (Toshkent vaqti ko‘rsatilgan).

13-kuni 29 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi. O‘zbekiston nomidan sakkiz nafar sportchi musobaqalarda ishtirok etadi.

Jadval. 13-kun

Sport turiMusobaqaIsm-sharifiO‘tkazish vaqti
Yengil atletikabalandlikka sakrash, saralashSvetlana Radzivil
05:10
balandlikka sakrash, saralashSafina Sadullayeva
05:10
yettikurash, uzunlikka sakrash
Yekaterina Voronina
05:40
yettikurash, nayza uloqtirish
09:40
Zamonaviy beshkurashqilichbozlik, saralash
Alise Faxrutdinova
09:00
Aleksandr Savkin
12:30
Erkin kurash-86 kg, qo‘shimcha bronza medili uchun
Javrail Shapiyev — Stefan Reyxmut (Shveysariya)07:20
-57 kg, qo‘shimcha bronza medali uchun
G‘ulomjon Abdullayev — Tomas Gilman (AQSh)
07:00
-74 kg, 1/8 finalBekzod Abdurahmonov — Franklin Gomes (Puerto-Riko)
08:20

Kurash bo‘yicha musobaqalar 1/8 finaldan boshlanadi. Finalga yetib borganlar «oltin» va «kumush» medallar uchun kurashadi, turnir jarayonida finalchiga yutqazib qo‘ygan sportchiga esa bronza medalini yutib olish uchun qo‘shimcha imkoniyat beriladi.

Xabar e’lon qilingan vaqtda O‘zbekiston ikkita oltin va bitta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 30-o‘rinda borayotgan edi.