Biologiya bo‘yicha Milliy sertifikat uchun test natijalari bekor qilindi

Davlat test markazi 10 iyun kuni biologiya fani bo‘yicha milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test natijalari e’lon qilinmasligiini ma’lum qildi. Bunga testologiya mezonlari buzilganligi, test topshirganlarning maktabdagi o‘rtacha baholari va test natijalari o‘rtasidagi katta tafovut hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi e’tiroz sabab bo‘ldi. Testda ishtirok etgan barcha talabgorlarning to‘lovi to‘liq qaytariladi.

So‘rovda ishtirok etgan o‘zbekistonliklarning 53 foizi koronavirusga qarshi emlanishga tayyor

“Ijtimoiy fikr” markazining so‘rovnomasida ishtirok etgan fuqarolarning 53,2 foizi koronavirusga qarshi emlanishga tayyorligini tasdiqlashdi. So‘ralganlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i esa (36,5 foizi) emlanishdan bosh tortmoqda. Ular bunga asosiy sabab vaksinaning nojo‘ya ta’sirlaridan xavotir va emlanishga qarshi tibbiy ko‘rsatma ekanligini aytishgan. Vaksinatsiya borasida bir qarorga kelmagan fuqarolarning eng yuqori darajasi 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida aniqlandi.

Kasallanish holatlari ortmoqda: bir kunda qariyb 1000 kishida koronavirus aniqlandi

Koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlarining kunlik rekordi yangilandi. Payshanba kuni respublika bo‘ylab 974 nafar fuqaroda virus aniqlangan. 6 nafar bemor vafot etdi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 avgust kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Davlat rahbarlari transport-logistika, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni muhokama qildilar.

Buxorodagi “Abdullaxon” madrasasi devorining qulashi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Iyul oyi oxirida Buxoro shahridagi “Abdullaxon” madrasasi devorining bir qismi qulab tushgan edi. Holat yuzasidan “mansabga sovuqqonlik bilan qarash” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Milliy tiklanish” Alisher Qodirov nomzodini prezidentlik saylovlarida ilgari suradi

2021 yilgi prezidentlik saylovlariga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Alisher Qodirov nomzodi e’lon qilindi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi (foto)

Turkmanistonning “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo mamlakatlari prezidentlarining norasmiy formatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

“Saylovda g‘olib bo‘lishni niyat qilyapmiz” — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishni niyat qilayotganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, ushbu saylov avvalgilaridan farq qiladi. Shuningdek, u agar prezident etib saylansa, dastlab ta’lim va tarbiya sohalarida islohotlarni amalga oshirishini aytib o‘tdi.

“Mintaqa muammolarining yechimiga birgalikda erishamiz. Boshqa muqobil yo‘l yo‘q!” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi Maslahat uchrashuvida nutq so‘zladi. Unda davlat rahbari pandemiya sababli to‘xtatilgan transport harakatini to‘liq tiklash, test natijalari va emlash sertifikatlarini tan olish bo‘yicha yagona axborot tizimini ishga tushirish, oziq-ovqat xavfsizligini monitoring qilish bo‘yicha mintaqaviy tizimni joriy qilishni taklif etdi.

Tokio-2020. O‘zbekistonlik kurashchi Bekzod Aburahmonov bronza medali sohibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov qozog‘istonlik Daniyar Kaysanovni mag‘lub etib, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, o‘zbekistonlik sportchilarning boshqa natijalari haqida batafsil.

USAID o‘zbek maktablari uchun ingliz tili va IT bo‘yicha xorijiy darsliklarni sotib oldi

USIAD xalqaro nashriyotlar tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekistondagi maktablar uchun informatika va ingliz tili darsliklarini sotib oldi. Ular 2021−2022 o‘quv yilida mamlakatning 200 ta maktabida sinovdan o‘tkaziladi. Shuningdek, agentlik O‘zbekiston uchun maxsus ishlab chiqilgan ona tili, matematika va informatika bo‘yicha ta’lim standartlarini Xalq ta’limi vazirligiga topshirdi.

Yana 1 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

6 avgust kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 13 mln 580 ming 60 dozani tashkil qilmoqda.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

Afg‘oniston: Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi ko‘prikmi yoki ajratuvchi omil?

Afg‘oniston Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligini rivojlantirishda geografik jihatdan muhim rol o‘ynaydi. Mustaqil tadqiqotchi Akram Umarov mintaqalar davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muammolar va imkoniyatlarda Afg‘oniston omili haqida yozadi.