DXX Afg‘onistondan olib kirilayotgan 7 kg giyohvandlik moddasini musodara qildi
1 iyun 2021, 12:51

DXX Afg‘onistondan olib kirilayotgan 7 kg giyohvandlik moddasini musodara qildi

DXX tomonidan Sirdaryo va Samarqandda jami 7 kg, Dang‘ara tumanida 1 kg dan ortiq, Farg‘ona viloyatida 1,3 kg giyohvandlik moddalari topildi va musodara qilindi.

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik o‘rniga aylanma shaklidagi yo‘l o‘tkazgich quriladi
1 iyun 2021, 12:49

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik o‘rniga aylanma shaklidagi yo‘l o‘tkazgich quriladi

Toshkent aeroportiga olib boradigan ko‘prik o‘rniga aylanma shaklidagi yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilmoqda. Lohiha prezidentga taqdim etildi. Eslatib o‘tamiz, yo‘l o‘tkazgich 2008 yilda kengaytirilgan edi.

O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida 1-o‘rinni egallashdi
1 iyun 2021, 12:23

O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida 1-o‘rinni egallashdi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar jamoasi BAAda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza olib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalashdi.

O‘zbekiston Hirotdagi Alisher Navoiy maqbarasida sakkiz burchakli masjid barpo etadi
1 iyun 2021, 11:59

O‘zbekiston Hirotdagi Alisher Navoiy maqbarasida sakkiz burchakli masjid barpo etadi

O‘zbekiston tomonidan Afg‘onistonning Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasi majmuasida sakkiz burchakli masjidi quriladi. Kirish peshtog‘idan hovli qismining chap va o‘ng tomonida yopiq uslubda ayvonlar barpo etiladi. Maqbaraning tashqi ko‘rinishiga bezak berilib, kirish va qolgan yo‘laklarida shoirning hikmatli suzlari bitilgan kitob ko‘rinishidagi belgilar qo‘yiladi.

O‘zbekistonda 2 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi
1 iyun 2021, 11:51

O‘zbekistonda 2 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi

O‘zbekistonda 2 mln dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 230 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Sirdaryoda Lasettining gaz balloni yorilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi
1 iyun 2021, 11:04

Sirdaryoda Lasettining gaz balloni yorilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Sirdaryoda Lasetti mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni yorilishi natijasida ikki nafar yo‘lovchi vafot etdi. Haydovchi va bir nafar yo‘lovchi jarohatlar bilan tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Prezident Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi
1 iyun 2021, 10:30

Prezident Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga yo‘l oldi. Ikki kunlik tashrif mobaynida energetika, agrosanoat, savdo va qishloq xo‘jaligi loyihalari bilan tanishish ko‘zda tutilgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
31 may 2021, 20:50

Jahon yangiliklari dayjesti

Xitoyda oilalarga uchta farzand ko‘rishga ruxsat berilgani, bir necha ming afg‘onistonlikning Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tayotgani, Braziliyada prezidentga qarshi namoyishlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Adliya vazirligi va Senat ayollarni erining uyiga propiskaga qo‘ymaslikdagi «kazus»ni muhokama qildi
31 may 2021, 20:36

Adliya vazirligi va Senat ayollarni erining uyiga propiskaga qo‘ymaslikdagi «kazus»ni muhokama qildi

Senatda kelinlarni farzandlari bilan erining uyiga ro‘yxatga qo‘ymaslik masalasi muhokama qilindi. Uyni sotishda ular roziligining olinmasligi ko‘chada qolishlariga sabab bo‘lishi mumkin. Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov esa muammoning boshqa tomoni borligini ta’kidladi.

31 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
31 may 2021, 20:30

31 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistondagi qurilishlar summasi, prezidentning Surxondaryoga tashrif rejasi, Senatning qonunlarga o‘zgartirishlar kiritishni ma’qullashi, YTHlarda halok bo‘lganlar soni oshishi — “Gazeta.uz"ning 31 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari 3 oylik ish haqini davlatga qaytaradi
31 may 2021, 18:12

Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari 3 oylik ish haqini davlatga qaytaradi

Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev tashkiliy masalaga e’tibor qilmagani uchun 3 oylik ish haqini davlatga qaytarib to‘laydi. Uning kotibiyat mudiriga esa hayfsan e’lon qilindi.

Toshkentda Lacetti urib yuborgan piyoda vafot etdi
31 may 2021, 17:38

Toshkentda Lacetti urib yuborgan piyoda vafot etdi

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 55 yoshli piyodani Lacetti avtomobili urib yuborishi oqibatida, piyoda tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

31 maydan chet elga ketadigan talabalar va OAV xodimlari koronavirusga qarshi emlanadi
31 may 2021, 17:21

31 maydan chet elga ketadigan talabalar va OAV xodimlari koronavirusga qarshi emlanadi

31 may kunidan boshlab chet elga o‘qishga ketadigan talabalar, OAV xodimlari, blogerlar hamda yozuvchilar COVID-19 ga qarshi emlanadigan fuqarolar ro‘yxatiga kirdi.

YTHlarda halok bo‘lgan bolalar soni 64,5 foizga oshgan
31 may 2021, 17:17

YTHlarda halok bo‘lgan bolalar soni 64,5 foizga oshgan

4 oy davomida bolalar ishtirokidagi YTH soni 25,3, ularda halok bo‘lgan bolalar soni 64,5 foizga oshgan.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi bor pasaymoqda
31 may 2021, 16:20

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi bor pasaymoqda

Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga pasaydi va jami 10 568 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa biroz ko‘tarildi.

Senat hayvonlarga shafqatsiz munosabat uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishini ma’qulladi
31 may 2021, 16:13

Senat hayvonlarga shafqatsiz munosabat uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishini ma’qulladi

Senatorlar Jinoyat kodeksiga hayvonlarga shafqatsiz munosabat haqidagi moddani kiritishni ma’qulladilar. Qiynoq jonivorlarning mayib bo‘lishi yoki o‘limiga olib kelsa, BHMning 25 dan 50 baravarigacha jarima, jamoat yoki axloq tuzatish ishlari, shuningdek, 6 oygacha muddatga ozodlikni cheklash yoki qamoq jazolari qo‘llaniladi.

Texnopark press-formalar ishlab chiqariladigan korxonasi haqida so‘zlab berdi
31 may 2021, 15:00

Texnopark press-formalar ishlab chiqariladigan korxonasi haqida so‘zlab berdi

Texnopark zavodidagi press-formalar xorijiy uskunalarda ishlab chiqariladi, bu esa ishlab chiqarish vaqtini tezlashtiradi. Buyurtma beruvchilar jarayonni kuzatishlari mumkin.

Hafta davomida havo +40 darajagacha isishi kutilmoqda
31 may 2021, 14:26

Hafta davomida havo +40 darajagacha isishi kutilmoqda

O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo hafta oxirigacha davom etadi. Iyun oyining boshida ba’zi joylarda shamol kuchayishi mumkin.

Senat fuqarolik olishni soddalashtirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
31 may 2021, 14:16

Senat fuqarolik olishni soddalashtirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senat O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi. 2005 yilgacha O‘zbekistonga kelgan fuqaroligi bo‘lmaganlar va kamida 15 yil mamlakat hududida yashagan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligini olishlari mumkin.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitining yuzma-yuz ko‘rinishda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda
31 may 2021, 13:33

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitining yuzma-yuz ko‘rinishda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 2021 yilga qoldirilgan uchinchi maslahat uchrashuvi vaqti hozircha ma’lum emas, biroq O‘zbekiston uning yuzma-yuz ko‘rinishda bo‘lib o‘tishini kutmoqda. «Onlayn format ko‘zda tutilayotgani yo‘q», — dedi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting