Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 069 518 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 354 785 doza, 2-bosqichda emlanganlar 714 239 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 494 nafarni tashkil qildi.

31 mayda O‘zbekiston bo‘ylab 119 120 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 32 934 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 85 899, 3-bosqich emlanganlar 287 nafarni tashkil qildi.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 160 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 31 may holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 100 495 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 230 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 96 223 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3652 nafar bemor davolanmoqda.