Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 1 iyundan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 12,44 so‘mga pasaydi va 10 568,21 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 14,10 so‘mga arzonladi va 12 879,48 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,10 so‘mga ko‘tarildi va 143,98 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 8 so‘mga pasayib, jami 10 580 so‘mni tashkil qilgandi.