Texnopark`da amalda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan 10ta ishlab chiqarish obyekti orasida shtamp va press-forma ishlab chiqarish sohasi jadallashmoqda. Shtamp va press-formalar chiqarish korxonasi 2020 yil noyabr oyida o‘z ish faoliyatini boshlagan bo‘lib, korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati — 200 donani tashkil qiladi.


Mijozlar tomonidan taqdim etiladigan texnik topshiriqlar korxona mutaxassislari uchun muhim, asosiy shart hisoblanadi. Konstruktorlar loyihani vizualizatsiya qilish, ishlab chiqishda yordam berishadi hamda buyurtmani o‘z vaqtida tayyorlashadi. Texnopark press-forma va shtamplar materiali metall yoki plastmassa bo‘lishidan qat’i nazar, buyurtmaning sifatiga javobgar hisoblanadi.

Ishlab chiqarishda tayyorlanadigan barcha mahsulotlar kafolatga ega. Bundan tashqari, tayyor mahsulotlarga texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek ehtiyot va butlovchi qismlar yetkazib berish xizmati ham mavjud. Texnopark press-forma va shtamplar ishlab chiqarish korxonasi ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001 sertifikatlariga ega.

Zavod turli press-forma, shtamplar va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishga hamda yuqori aniqlikda metallni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Barcha ishlar dunyoning yetakchi Sodick (Yaponiya), Istanbul Makina (Turkiya) va Wilhelm Oberste-Beulmann GmbH & Co.KG (Germaniya) kompaniyalarining uskunalarida amalga oshiriladi.

Texnopark`dagi ishlab chiqarish korxonasi bir daqiqada 20 qism ishlab chiqarishga qodir, boshqa ishlab chiqaruvchilarning uskunalari shu vaqtning o‘zida atigi 5 qismni ishlab chiqaradi.

Korxona mutaxassislari chet el kompaniyalarida zarur texnik tayyorgarlikdan o‘tganlar va har qanday murakkablikdagi vazifalarni bajara oladilar. EDM va CNC dastgohlarining yetakchi konstruktorlari, dasturchilari Turkiyadagi zavodlarda o‘qiganlar, shtamp yig‘ish ustalari esa Koreya Respublikasida malaka oshirganlar.

Endilikda, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar ham vaqtni, ham pulni tejashlari mumkin. Chet eldan pudratchini izlash, press-forma va shtamplarga buyurtma berish, buyurtmanining bajarilishi va yetkazib berilishini uzoq kutish kerak emas. Qisqa vaqt ichida Texnopark tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori aniqlikdagi sifatli press-forma va shtamplarga buyurtma berish mumkin. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonini kuzatish imkoniyati ham mavjud.

Texnopark sifat va mijozlarga xizmat ko‘rsatishning eng yuqori standartlariga munosib bo‘lishga intiladi. Bunga metallga ishlov berishning eng yangi texnologiyalarini joriy etish va tegishli dasturlardan foydalanish yordam beradi.


Press-forma va shtamplarning chizmalarini ishlab chiqishda mutaxassislar Solidworks, Siemens NX (Unigraphics), Cimatron E, AutoCad, Kompas-3D kabi kompaniyalarning dasturiy ta’minotidan foydalanadilar.

Tahlil uchun Autodesk Moldflow, AutoForm, SOLIDWORKS Plastics dasturlari qo‘llaniladi. Shuningdek, dastgoh dasturchilari Solid CAM, WORKNC va Fikus dasturlaridan ham foydalanadilar.

Batafsil ma’lumotni quyidagi telefon raqami orqali bilib olish mumkin:(+998) 71−210−20−20

Servis markazining telefon raqami: (+998) 71−210−70−70.

Sayt: texnopark.uz

Reklama huquqlari asosida.