Dushanba, 31 may kunidan boshlab COVID-19 ga qarshi emlanadigan fuqarolar ro‘yxatiga talabalar, OAV xodimlari va yozuvchilar qo‘shildi, deya xabar bermoqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimi Nasiba Toirova ma’lum qildi.

Birinchi navbatda 65 yoshdan yuqori insonlar, tibbiyot xodimlari, maktab o‘qituvchilari, maktabagacha ta’lim muassasasi xodimlari hamda surunkali hastaliklar kuzatiladigan fuqarolar koronavirusga qarshi emlash jarayonlarida ishtirok etayotgan edi.

Ma’lumotga ko‘ra, 31 may kunidan boshlab, ushbu ro‘yxatga:

  • Chet elga o‘qishga boradigan talabalar;
  • Ommaviy axborot vositalari (jurnalistlar, blogerlar);
  • Yozuvchilar;
  • Teleradiokompaniyada xizmat qiluvchi xodimlar qo‘shildi.

Hozirda O‘zbekistonda 3 xil vaksina — Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan o‘zbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001, Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” va Angliya-Shvetsiya AstraZeneca kompaniyasining AstraZeneca (Covishield) vaksinalari qo‘llanilmoqda.