Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 29,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1 trln 268,2 mlrd so‘mlik, nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 28 trln 271,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Shavkat Mirziyoyev ertaga Surxondaryoga boradi

1 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga boradi. Viloyatda davlat raxbari ikki kun mobaynida bo‘lishi rejalashtirilgan.

Andijonda ketmon bilan urib o‘ldirilgan ayolning qotili kelini emasligi ma’lum qilindi

Bosh prokuratura Andijonda ketmon bilan urib o‘ldirilgan ayolni sobiq kelini emas, balki u bilan turmush qurgan erkak o‘ldirganligini ma’lum qildi. Hozirda u qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Uzbekistan Airports O‘zbekistondagi barcha aeroportlarning boshqaruvchisi bo‘ldi

Uzbekistan Airports O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlar bilan boshqaruv shartnomalarini imzoladi. Shu tariqa, aeroportlarni yagona markazdan rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratildi, dedi kompaniya rahbari Ra’no Jo‘rayeva.

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari qiymati 440 ming so‘m etib belgilanmoqda

O‘zbekistonda ilk bor minimal iste’mol xarajatlari qiymatining dastlabki hisob-kitoblari amalga oshirildi. Unga ko‘ra, bir kishi uchun minimal iste’mol xarajatlari 440 ming so‘mni tashkil etadi. Bunda, jon boshiga kunlik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat (2200 kkal) va zarur bo‘lgan nooziq-ovqat tovarlar hamda xizmatlar uchun minimal iste’mol xarajatlar hisobga olingan.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitining yuzma-yuz ko‘rinishda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 2021 yilga qoldirilgan uchinchi maslahat uchrashuvi vaqti hozircha ma’lum emas, biroq O‘zbekiston uning yuzma-yuz ko‘rinishda bo‘lib o‘tishini kutmoqda. “Onlayn format ko‘zda tutilayotgani yo‘q”, — dedi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Senat fuqarolik olishni soddalashtirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senat O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi. 2005 yilgacha O‘zbekistonga kelgan fuqaroligi bo‘lmaganlar va kamida 15 yil mamlakat hududida yashagan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligini olishlari mumkin.

Senat hayvonlarga shafqatsiz munosabat uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishini ma’qulladi

Senatorlar Jinoyat kodeksiga hayvonlarga shafqatsiz munosabat haqidagi moddani kiritishni ma’qulladilar. Qiynoq jonivorlarning mayib bo‘lishi yoki o‘limiga olib kelsa, BHMning 25 dan 50 baravarigacha jarima, jamoat yoki axloq tuzatish ishlari, shuningdek, 6 oygacha muddatga ozodlikni cheklash yoki qamoq jazolari qo‘llaniladi.

YTHlarda halok bo‘lgan bolalar soni 64,5 foizga oshgan

4 oy davomida bolalar ishtirokidagi YTH soni 25,3, ularda halok bo‘lgan bolalar soni 64,5 foizga oshgan.

31 maydan chet elga ketadigan talabalar va OAV xodimlari koronavirusga qarshi emlanadi

31 may kunidan boshlab chet elga o‘qishga ketadigan talabalar, OAV xodimlari, blogerlar hamda yozuvchilar COVID-19 ga qarshi emlanadigan fuqarolar ro‘yxatiga kirdi.

Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari 3 oylik ish haqini davlatga qaytaradi

Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev tashkiliy masalaga e’tibor qilmagani uchun 3 oylik ish haqini davlatga qaytarib to‘laydi. Uning kotibiyat mudiriga esa hayfsan e’lon qilindi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

“Sho‘rtan” va “Yangiyer” klublarining ayrim futbolchilari kelishilgan o‘yinlarda qatnashganligi uchun jazolandi

Futbol bo‘yicha Pro ligada ishtirok etuvchi “Yangiyer” hamda “Sho‘rtan” futbol klublarining ayrim vakillari haq evaziga kelishilgan o‘yinlarda qatnashganligi va totalizator o‘ynaydiganlarga yordam berganligi uchun 6 oydan 1 yilgacha futboldan chetlatildi. Klublarning aynan qaysi futbolchilari jazolangani haqida xabar berilmagan. O‘FA yuristi “Gazeta.uz"ga ushbu ma’lumotlarni oshkor qilish faqatgina Etika qo‘mitasining vakolati doirasida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda batafsil Og‘abek Samisov maqolasida.