Sirdaryoda mashinaning gaz balloni yorilishi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

1 iyun soat 03:40 da Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqaroning boshqaruvidagi «Lasetti» avtomashinasi Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi «Termiz-Toshkent» yo‘lida harakatlanib ketayotgan vaqtda avtomashinaga o‘rnatilgan gaz ballonida yorilish sodir bo‘lgan.

Natijada avtomashinada bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchilar voqea joyida vafot etgan. Haydovchi va bir nafar yo‘lovchi turli darajada jarohat olib, Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Hozirda viloyat IIB, FVB, SSB va prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.