24−31 may kunlari BAAda boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi.

31 may kuni o‘tkazilgan final bahslarida 10 vazn toifasidan 7 tasida o‘zbekistonlik bokschilar qit’a chempionligi uchun bahs olib borishdi. Ularning 6 nafari esa terma jamoa hisobiga oltin medallarni taqdim qildi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi mazkur musobaqada erishgan natijalari quyidagicha bo‘ldi:

Oltin:

  • -49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
  • -52 kg: Shahobiddin Zoirov
  • -69 kg: Bobousmon Baturov
  • -75 kg: Saidjamshid Jafarov
  • -81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
  • +91 kg: Bahodir Jalolov

Kumush:

  • -56 kg: Mizaziz Mirzahalilov

Bronza:

  • -60 kg: Abdumalik Xalakov
  • -64 kg: Elnur Abduraimov
  • -91 kg: Sanjar Tursunov

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Shu tariqa, bokschilar o‘z yo‘nalishlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar jamoasi ushbu chempionatni 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 ta medal bilan yakunlashdi.