Hafta davomida O‘zbekiston hududida asosan quruq va juda issiq ob-havo bo‘lishi qutilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ayrim kunlarda, asosan kechga yaqin va Toshkent viloyatida 1 iyunda kechga tomon konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Ish haftasi davomida ko‘pchilik viloyatlarda havo harorati kechalari +22…+25 darajani, kunduz kunlari +37…+39 darajani, janubda va cho‘l hududlarida +38…+43 darajani tashkil etadi.

Qayd etilishicha, haroratning bunday yuqori qiymatlari absolyut maksimum qiymatlarga yaqinlashadi, ayrim tumanlarda undan yuqori bo‘ladi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

31 may va 1−2 iyunda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi mumkinligi ma’lum qilindi.