Yirik ko‘chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish jarayonlari bo‘yicha Davlat tender komissiyasining qarori qabul qilindi deya xabar bermoqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.

Qarorga ko‘ra, Sayilgoh ko‘chasi manzilida joylashgan sobiq «Markaziy bino» bo‘yicha 210,0 mlrd so‘m sotib olish narxi bilan — «METROPOL GROUP» MCHJ savdo g‘olibi deb topildi. obyekt xususiy biznes tomonidan amalga oshirilgan 15 ta davlat aktivlari ro‘yxatiga kiritilgan.

«Gazeta.uz» yer uchastkasining umumiy maydoni 2,2 gektar, bino va inshootlarning maydoni 40 243 kv.m, bino maydoni — 9376 kv. m, kommunikatsiya tarmoqlari (suv, gaz, elektr, issiqlik) mavjudligi haqidayozgan edi.

Mazkur obyektdan kelgusida ofis, savdo, savdo-ko‘ngilochar, madaniy-xordiq, sport, turistik va boshqa xizmatlar ko‘rsatish faoliyati yo‘nalishlaridan biri yoki bir nechtasini amalga oshirilishi talab etilishi ko‘zda tutilgan.

Fevral oyi oxirida poytaxtda Toshkent amaliy fanlar universiteti va «Diplomat university» ochilishi kutilayotgani va ularni bir necha yilga barcha turdagi soliqlardan ozod qilish mumkinligi ma’lum bo‘lgan edi. Birinchi universitet Yunusobod tumanida, ikkinchisi Mirobodda (tahminan, Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosida) joylashgan bo‘lishi kerak.

Metropol Group kompaniyasi haqida


KTYADR ma’lumotlariga ko‘ra, Metropol Group 2021 yil 23 fevralda Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan. Ko‘rsatilgan asosiy faoliyat — tijorat faoliyati va menejment bo‘yicha konsalting. Ta’sischisi — Doniyor Abdulazizovich Kamilov, rahbari — Yakushevich Georgiy Igorevich.

«Gazeta.uz» ma’lumotlariga ko‘ra, Doniyor Abdulazizovich Kamilov — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li.

Rusprofile ma’lumotlariga asosan, Doniyor Kamilov Rossiyada «Selena» va «KTS» kompaniyalari ta’sischilariga kiradi. «Kommersant» 2010−2014 yillarda u Gazprombank — ZAO tuzilmasidagi «Upravlyayuaya kompaniya — Strategicheskiye aktivы»ni boshqarganligi haqida yozgan.