Shavkat Mirziyoyev hududlardagi o‘zgarishlar, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Ikki kunlik amaliy tashrif davomida to‘qimachilik, agrosanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish ko‘zda tutilgan.

«Yangi Andijon» shaharchasi qurilishining boshlanishi tashrifning eng muhim voqealaridan biri bo‘ladi, deyiladi xabarda.