Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 739 571 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 644 371 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 015 786 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 79 414 nafarni tashkil qildi.

16 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 44 513 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 20 607 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 12 867, 3-bosqich emlanganlar 11 039 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Farg‘ona viloyati (325 333 doza), Namangan viloyatida (317 337 doza), Andijon viloyatida (315 477 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 371 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 16 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 834 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 295 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 100 623 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Kecha, shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 713 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3498 nafar bemor davolanmoqda.