Dollarning rasmiy kursi pasaydi
22 sentabr 2021, 16:26

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,05 so‘mga pasayib, 10 679,05 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Andijonda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi
22 sentabr 2021, 15:33

Andijonda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi

Andijon shahrida sodir bo‘lgan YTH natijasida 3 nafar shaxs vafot etgan va 1 nafar shaxs tan jarohati olgan. Halok bo‘lgan shaxslar talabalar ekanligi aytilgan edi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Tolibon» Afg‘onistonda ayollar va erkaklar ta’limiga teng yondashuvni va’da qildi
22 sentabr 2021, 15:22

«Tolibon» Afg‘onistonda ayollar va erkaklar ta’limiga teng yondashuvni va’da qildi

«Tolibon» harakati vakili Zabihulla Mujohid Afg‘onistonda ayollarning ta’lim olishi uchun «sharoit tayyorlanayotgani» va ayollar erkaklar bilan bir xil fanlarni o‘qishini ma’lum qildi. «Jinsiga qarab alohida dasturlar bo‘lmaydi va diplomlar dunyoda tan olinadi», — dedi u.

Amudaryo orqali o‘tadigan ko‘prikning qiymati — 174 mln dollar
22 sentabr 2021, 15:12

Amudaryo orqali o‘tadigan ko‘prikning qiymati — 174 mln dollar

Amudaryo orqali Xorazm viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi ko‘prik qurilishi loyihasining qiymati 174 million dollar. Prezident mazkur qurilayotgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi.

Mo‘ynoqda yashovchi oilalarga 5 mln so‘mdan tarqatilmoqda
22 sentabr 2021, 13:36

Mo‘ynoqda yashovchi oilalarga 5 mln so‘mdan tarqatilmoqda

Orol dengizi fojiasi oqibatlaridan hammadan ko‘p jabr ko‘rgan Qoraqalpog‘istonning Muynov tumanida yashovchi har bir oilaga 5 mln so‘mdan bir martalik yordam puli tarqatilmoqda.

Denovda 109 tup daraxt kesilishidan yetkazilgan zarar 65 mln so‘m emas, 995 mln so‘m ekani ma’lum bo‘ldi
22 sentabr 2021, 13:27

Denovda 109 tup daraxt kesilishidan yetkazilgan zarar 65 mln so‘m emas, 995 mln so‘m ekani ma’lum bo‘ldi

Surxondaryo viloyat ekologiya boshqarmasi Denov tumani markazida noqonuniy kesilgan 109 tup daraxt uchun 65 mln so‘m miqdorida zarar hisobladi. Deputat Rasul Kusherbayevning so‘rovidan so‘ng zarar qayta hisoblanib, aslining uning miqdori 995 mln so‘m ekani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda jamoat tartibi xavfsizligi kuchaytiriladi
22 sentabr 2021, 12:43

Savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda jamoat tartibi xavfsizligi kuchaytiriladi

Hukumat qarori bilan IIV, FVV va Milliy gvardiyaga savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarida qo‘shimcha patrullik postlarini tashkil qilish, xizmatga jalb qilingan otryadlar zichligini oshirish, tadbirkorlik subyektlari mol-mulkini qo‘riqlash vazifalari topshirildi.

Toshkentning ikki tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi aniqlandi
22 sentabr 2021, 12:29

Toshkentning ikki tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi aniqlandi

Poytaxtning Chilonzor va Yakkasaroy tumanlaridagi dorixonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan kuchli ta’sir qiluvchi «Regapen», «Tropikamid», «Zardeks» dorilarining noqonuniy savdosi to‘xtatildi.

Metroda 13 yoshli qizga behayo harakatlar qilgan erkak qidirilmoqda
22 sentabr 2021, 11:30

Metroda 13 yoshli qizga behayo harakatlar qilgan erkak qidirilmoqda

Poytaxtda videokameralar yordamida metroda 13 yoshli qizga behayo harakatlar qilgan erkak qidirilmoqda. Suratdagi shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari so‘raldi.

O‘zbekiston Qurolli kuchlari Britaniya harbiy bazalarida malaka oshirishi mumkin
22 sentabr 2021, 10:57

O‘zbekiston Qurolli kuchlari Britaniya harbiy bazalarida malaka oshirishi mumkin

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Britaniya Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2021−2022 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi. Ushbu kelishuv asosida O‘zbekiston Qurolli kuchlari Birlashgan Qirollik harbiy bazalarida malaka oshirishi yoki u yerda o‘tkaziladigan harbiy o‘yinlarda ishtirok etishi mumkin.

Kamilov Pauer bilan Afg‘onistondagi vaziyat, koronavirusga qarshi kurash va saylovlarni muhokama qildi
22 sentabr 2021, 10:33

Kamilov Pauer bilan Afg‘onistondagi vaziyat, koronavirusga qarshi kurash va saylovlarni muhokama qildi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va USAID ma’muri Samanta Pauer Afg‘onistondagi vaziyat, turli sohalardagi hamkorlik va prezidentlik saylovlarini muhokama qildi.

21 sentabr kuni O‘zbekistonda 522 kishida koronavirus aniqlandi
22 sentabr 2021, 10:20

21 sentabr kuni O‘zbekistonda 522 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 522 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, seshanba kuni 103 kishida pnevmoniya qayd etildi, 2 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

Toshkentda «Tungi velosayr» festivali o‘tkaziladi
22 sentabr 2021, 09:39

Toshkentda «Tungi velosayr» festivali o‘tkaziladi

Toshkentda chorshanba kuni kechqurun tungi «Tungi velosayr» festivali bo‘lib o‘tadi. Sayr Mahtumquli va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidan boshlanib, «Yangi O‘zbekiston» bog‘igacha davom etadi. Barcha velosport ishqibozlari ishtirok etishi mumkin.

Valday ekspertlari: Afg‘onistondagi transport loyihalari u yerda to‘laqonli hukumat paydo bo‘lishiga bog‘liq
22 sentabr 2021, 09:31

Valday ekspertlari: Afg‘onistondagi transport loyihalari u yerda to‘laqonli hukumat paydo bo‘lishiga bog‘liq

Afg‘onistonda transport va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish ushbu mamlakatning to‘laqonli va barqaror hukumati irodasiga bog‘liq, deyiladi «Valday» klubining yangi hisobotida. O‘zbekiston Transafg‘on temir yo‘li qurilishi orqali Pokiston portlariga chiqishga intilmoqda, biroq hisobot mualliflari dengiz savdo yo‘llariga chiqish barcha muammolarga yechim bo‘lmaydi, deb hisoblamoqda.

«Afg‘onistonni yakkalab qo‘yish mumkin emas» — Shavkat Mirziyoyev
22 sentabr 2021, 08:30

«Afg‘onistonni yakkalab qo‘yish mumkin emas» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasidagi chiqishida «hozirgi qiyin davrda Afg‘onistonni yakkalab, uni muammolar girdobiga tashlab qo‘yish mumkin emas"ligini ta’kidladi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, afg‘on masalasida «BMTning ta’siri va ovozi har qachongidan ham kuchliroq yangrashi lozim».

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasida nutq so‘zladi
22 sentabr 2021, 08:24

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasida nutq so‘zladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida videomurojaat bilan so‘zga chiqdi. Davlat rahbari xalqaro hamjamiyatga mintaqa va global kun tartibidagi dolzarb masalalar, BMTning zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda chora ko‘rishdagi roli yuzasidan o‘z nuqtai nazarini taqdim etdi hamda qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

«Doing business» mualliflari «O‘zbekiston protokoli»dan bexabar — JB
22 sentabr 2021, 00:02

«Doing business» mualliflari «O‘zbekiston protokoli»dan bexabar — JB

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasining ma’lum qilishicha, «Biznes yuritish» hisoboti mualliflari va bankning mintaqadagi vakillari 2018 va 2020 yillarda reyting ma’lumotlaridagi nomuvofiqlik bo‘yicha surishtiruvda tilga olingan «O‘zbekiston protokoli»dan xabardor emas.

21 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
21 sentabr 2021, 21:30

21 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonda saylovchilar bilan uchrashuvi, Jahongir Ortiqxo‘jayevning Toshkentning uchta tumani hokimiga “hayfsan” berishi, bolalarni poliomelitga qarshi ommaviy emlash boshlanishi — “Gazeta.uz"ning 21 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
21 sentabr 2021, 20:47

Jahon yangiliklari dayjesti

Sudanda davlat to‘ntarishiga urinishning muvaffaqiyatsiz tugagani, Afg‘oniston muvaqqat hukumatida yangi tayinlovlar, Qozog‘istonning 2023 yildan boshlab yangi telefon kodiga o‘tayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi uzum ko‘chatlarini yetkazib berish bo‘yicha tender yakunlarini o‘rganadi
21 sentabr 2021, 20:23

Qishloq xo‘jaligi vazirligi uzum ko‘chatlarini yetkazib berish bo‘yicha tender yakunlarini o‘rganadi

1 mln dona uzum ko‘chatini yetkazib berish bo‘yicha 9,9 mlrd so‘mlik tender yakunlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi komissiyasi tomonidan o‘rganiladi. «Gazeta.uz» savdolarda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarining o‘g‘liga tegishli kompaniya g‘olib bo‘lgani haqida yozgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting