21 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
21 sentabr 2021, 21:30

21 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonda saylovchilar bilan uchrashuvi, Jahongir Ortiqxo‘jayevning Toshkentning uchta tumani hokimiga “hayfsan” berishi, bolalarni poliomelitga qarshi ommaviy emlash boshlanishi — “Gazeta.uz"ning 21 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
21 sentabr 2021, 20:47

Jahon yangiliklari dayjesti

Sudanda davlat to‘ntarishiga urinishning muvaffaqiyatsiz tugagani, Afg‘oniston muvaqqat hukumatida yangi tayinlovlar, Qozog‘istonning 2023 yildan boshlab yangi telefon kodiga o‘tayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi uzum ko‘chatlarini yetkazib berish bo‘yicha tender yakunlarini o‘rganadi
21 sentabr 2021, 20:23

Qishloq xo‘jaligi vazirligi uzum ko‘chatlarini yetkazib berish bo‘yicha tender yakunlarini o‘rganadi

1 mln dona uzum ko‘chatini yetkazib berish bo‘yicha 9,9 mlrd so‘mlik tender yakunlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi komissiyasi tomonidan o‘rganiladi. «Gazeta.uz» savdolarda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarining o‘g‘liga tegishli kompaniya g‘olib bo‘lgani haqida yozgandi.

Qashqadaryoda bolalarni polga o‘tqazib dars o‘tgan o‘qituvchilarga hayfsan berildi
21 sentabr 2021, 18:00

Qashqadaryoda bolalarni polga o‘tqazib dars o‘tgan o‘qituvchilarga hayfsan berildi

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi maktabning ikki o‘qituvchisiga bolalarni polda o‘tqazib dars o‘tgani uchun hayfsan berildi. Viloyat prokuraturasi o‘qituvchilarning jihozlangan xonalarda dars o‘tish imkoniyati bo‘la turib, maktab ma’muriyati kamchiliklarini bo‘rttirib ko‘rsatish maqsadida shu ishga qo‘l urganini ma’lum qildi. Maktab rahbariyatiga nisbatan ham intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atildi.

«Bizda sitilarga ruju qo‘yilib, sog‘liq uchun foydali manbalardan voz kechilmoqda» — «Adolat» nomzodi
21 sentabr 2021, 17:47

«Bizda sitilarga ruju qo‘yilib, sog‘liq uchun foydali manbalardan voz kechilmoqda» — «Adolat» nomzodi

«Adolat» partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov shaharlarda «siti» qurishga ruju qo‘yilganligini tanqid qildi. Partiya rahbari havodagi changga qarshi kurashishda foyda berishi mumkin bo‘lgan sun’iy ko‘llar respublikada birin-ketin yo‘q qilinayotganligini taassuf bilan qayd etgan.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentning uchta tumani hokimiga «hayfsan» berdi
21 sentabr 2021, 16:57

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentning uchta tumani hokimiga «hayfsan» berdi

Toshkent hokimi poytaxtning uch tumani hokimlariga «hayfsan» e’lon qildi. Bunga ularning birinchi yarim yillikda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga yo‘l qo‘yganliklari sabab bo‘lgan.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
21 sentabr 2021, 16:37

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 1,40 so‘mga ko‘tarilib, 10 688,10 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kursi ham ko‘tarildi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21 sentabr 2021, 16:11

Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga Dilmurod Mirsodiqov tayinlandi.

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 43 trln so‘m yo‘naltiriladi — Shavkat Mirziyoyev
21 sentabr 2021, 15:51

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 43 trln so‘m yo‘naltiriladi — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDePning prezidentlikka nomzodi Shavkat Mirziyoyev kelgusi 5 yilda Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 43 trln so‘m yo‘naltirilishini ta’kidladi. Ushbu mablag‘lar davlat budjeti, xalqaro moliya tashkilotlari va bank kreditlari hisobidan ajratiladi.

Kelgusi yilda Qoraqalpog‘istonda 1−4 sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik beriladi — prezident
21 sentabr 2021, 15:49

Kelgusi yilda Qoraqalpog‘istonda 1−4 sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik beriladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda saylovchilar bilan uchrashuvda kelgusi yildan boshlab 1−4 boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yilishini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda kelgusi 5 yilda ish o‘rinlari qanday yaratilishi bo‘yicha ma’lumot berdi
21 sentabr 2021, 14:58

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda kelgusi 5 yilda ish o‘rinlari qanday yaratilishi bo‘yicha ma’lumot berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda saylovchilar bilan uchrashuvda 6 ming nafar ishsiz aholi uchun, ixcham issiqxonalar qurib berilishini ma’lum qildi. Aholi tomorqalarining suv ta’minotini yaxshilash orqali, 12 ming fuqaroning bandligi ta’minlanadi.

BMT Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni bartaraf etish sa’y-harakatlari mas’uliyatini olishi mumkin — Abdulaziz Kamilov
21 sentabr 2021, 14:56

BMT Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni bartaraf etish sa’y-harakatlari mas’uliyatini olishi mumkin — Abdulaziz Kamilov

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni bartaraf etish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi mumkin, deb hisoblaydi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov.

«Rossiyaning Markaziy Osiyo bo‘yicha hech qanday maxfiy kun tartibi yo‘q» — Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari
21 sentabr 2021, 14:28

«Rossiyaning Markaziy Osiyo bo‘yicha hech qanday maxfiy kun tartibi yo‘q» — Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari

Moskvada O‘zbekiston prezidentining joriy yilda kutilayotgan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, deya ma’lum qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko Toshkentda bo‘lib o‘tgan anjumandagi nutqida. Uning aytishicha, «juda jiddiy hujjatlar to‘plami» tayyorlangan, shu jumladan mudofaa sohasida. U Rossiyaning Markaziy Osiyo bo‘yicha hech qanday maxfiy kun tartibi hamda mintaqa davlatlarini kim bilan bo‘lish borasidagi geosiyosiy tanlov qarshisida qoldirish rejasi yo‘qligini aytdi.

Farhod Arziyev: Rossiya bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirish — O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri
21 sentabr 2021, 13:49

Farhod Arziyev: Rossiya bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirish — O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri

Rossiya bilan yaqin sheriklik va do‘stlik aloqalarini rivojlantirish O‘zbekiston xalqaro hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir, dedi mamlakat tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev Toshkentda o‘tkazilgan «Valday» klubi konferensiyasida.

DXX Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida firibgarlik holatlariga chek qo‘ydi
21 sentabr 2021, 12:07

DXX Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida firibgarlik holatlariga chek qo‘ydi

Parkent tumanida yashovchi shaxs fermer xo‘jaligi rahbariga bankdan 3 mlrd so‘m kredit ajratilishini aytib, undan kredit miqdorining 10 foizini berishini so‘radi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida mansabdor shaxs qum barxanlaridan litsenziyasiz foydalanishiga ruxsat berish uchun 5,6 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

ITB va OPEK O‘zbekistondagi qishloq joylarini rivojlantirish uchun $275 mln ajratadi
21 sentabr 2021, 11:59

ITB va OPEK O‘zbekistondagi qishloq joylarini rivojlantirish uchun $275 mln ajratadi

Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan O‘zbekistondagi qishloq joylarini rivojlantirish loyihasi uchun $275 mln miqdorida qarz ajratiladi. Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta MFY hududlarida amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda LADA avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish boshlandi
21 sentabr 2021, 11:58

O‘zbekistonda LADA avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish boshlandi

Roodell kompaniyasi ADM Jizzakh zavodida LADA avtomobillarini yig‘ishni boshladi. Birinchi bo‘lib Vesta SW va XRAY modellarini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. Tez orada ular safiga Largus ham qo‘shiladi.

Bolalarni poliomelitga qarshi emlash boshlandi
21 sentabr 2021, 11:45

Bolalarni poliomelitga qarshi emlash boshlandi

20 sentabrdan boshlab O‘zbekistonda bolalarni poliomelitga qarshi ommaviy emlash boshlandi. Bu Tojikiston va Afg‘oniston poliomelit holatlari aniqlanganligi bilan bog‘liq. Mamlakat hududlariga 1,2 million doza vaksinalar yetkazib berildi.

Jizzax va Samarqandda prokurorlar pora bilan qo‘lga tushdi
21 sentabr 2021, 11:17

Jizzax va Samarqandda prokurorlar pora bilan qo‘lga tushdi

Jizzax viloyatidagi tuman prokurori jinoyat ishiga aloqador shaxsni kamoqqa olmaslik uchun 2 ming dollar so‘ragan. Samarqand viloyatidagi tuman prokurorlaridan birining o‘rinbosari sudlanuvchiga tayinlangan jazoni og‘irroq jazo turiga o‘zgartirishga harakat qilib, birinchi yengilroq jazoni o‘z kuchida qoldirish uchun 10 ming dollar talab qilgan. DXX boshqa shunga o‘xshash korrupsiya holatlari haqida ham xabar berdi.

O‘zbekistonda birinchi marta AI-98 markali benzin ishlab chiqarildi
21 sentabr 2021, 11:15

O‘zbekistonda birinchi marta AI-98 markali benzin ishlab chiqarildi

O‘zbekiston tarixida ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan AI-98 markali benzin ishlab chiqarildi. 380 tonna hajmdagi benzinning fizik-kimyoviy xususiyatlari standartga binoan muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting