21 sentabr kuni O‘zbekistonda 522 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 169 989 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 163 985 (+687) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1203 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, seshanba kuni 103 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 26 459 nafarga yetdi.

Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 219 nafarga yetdi.