Ilon Mask Forbes reytingi tarixidagi eng boy odam bo‘ldi
27 oktabr 2021, 12:17

Ilon Mask Forbes reytingi tarixidagi eng boy odam bo‘ldi

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Forbes jurnali dunyoning eng boy odamlari reytingini tuzishni boshlagandan buyon eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Uning boyligi rekord darajadagi 271,3 mlrd dollarga yetgan.

Angela Merkel vakolati rasman yakunlandi
27 oktabr 2021, 11:39

Angela Merkel vakolati rasman yakunlandi

Germaniya federal kansleri Angela Merkel vakolati rasman yakunlandi. Mamlakatda yangi hukumat tuzilgunga qadar Merkel mazkur vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritadi.

Pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari talaba qizga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda (yangilandi)
27 oktabr 2021, 09:55

Pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari talaba qizga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda (yangilandi)

Toshkent davlat pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari o‘z xonasida 3 kurs talabasiga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda. Qiz qarshilik ko‘rsatgandan so‘ng dekan muovini uni derazadan itarib yuboradi va qiz tushib ketadi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dekan o‘rinbosari qo‘lga olindi.

Janubiy Koreya yana bir O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
27 oktabr 2021, 09:39

Janubiy Koreya yana bir O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi

Interpol Seulda firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan yana bir O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Avvalroq ikki erkak firibgarlikda ayblanib, Janubiy Koreyadan ekstraditsiya qilingan edi.

Jahon yangiliklari dayjesti
26 oktabr 2021, 21:45

Jahon yangiliklari dayjesti

YouTube Braziliya prezidentini bir haftaga yangi video joylashtirish imkoniyatidan mahrum qilgani, Qozog‘iston afg‘on ayollarining parvozi uchun gumanitar tranzit yo‘lagi ajratayotgani, Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Ro De U 88 yoshida vafot etgani, Gretsiyada politsiya anarxist namoyishchilarga qarshi gazdan foydalangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

O‘zbekiston NATO bilan hamkorlikni rivojlantirish tarafdori
26 oktabr 2021, 19:57

O‘zbekiston NATO bilan hamkorlikni rivojlantirish tarafdori

O‘zbekiston NATOni zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashishda muhim hamkor deb biladi va aloqalarni rivojlantirish tarafdori, deya qayd etildi mamlakat va alyansning Bryusseldagi vakillari uchrashuvida.

O‘zbekistonda bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori e’lon qilindi
26 oktabr 2021, 19:42

O‘zbekistonda bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori e’lon qilindi

sentabrda respublika bo‘yicha bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori 924 780 so‘mni tashkil etdi. O‘rtacha pensiyaning eng yuqori miqdori Toshkent shahrida (1 250 992 so‘m) va eng kam miqdori Andijon viloyatida (801 640 so‘m) qayd etilgan. 2016−2021 yillarda pensiyalar miqdori 2,2 baravarga oshdi.

«Xususiylashtirishdan maqsad — investorlarga davlat bozorni tark etayotganini ko‘rsatish» — Timur Ishmetov
26 oktabr 2021, 18:56

«Xususiylashtirishdan maqsad — investorlarga davlat bozorni tark etayotganini ko‘rsatish» — Timur Ishmetov

Moliya vaziri Timur Ishmetovning fikricha, xususiylashtirishdan asosiy maqsad investorlarga davlat bozorlarni tark etayotgani va ular davlat kompaniyalari tomonidan adolatsiz raqobatga duch kelishidan qo‘rqmasligini ko‘rsatishdir. «Samarasiz davlat korxonalaridan qanchalik tez qutulsak, biz uchun shunchalik yaxshi», — dedi u.

Tadbirkorlar 22 kun ichida 3,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
26 oktabr 2021, 17:42

Tadbirkorlar 22 kun ichida 3,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Energetika vazirligi tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlarida 22 kun ichida Namangan va Andijon viloyatlari aholisining bir kunlik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi. Noqonuniy foydalanish davrida tadbirkorlar jami 3,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan.

Eng kam yillik mehnat ta’tili muddati uzaytirilishi mumkin
26 oktabr 2021, 16:42

Eng kam yillik mehnat ta’tili muddati uzaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining eng kam yillik mehnat ta’tili uzaytirilishi kutilmoqda. Yangi Mehnat kodeksi loyihasida mehnat ta’tili bo‘yicha qator o‘zgarishlar o‘rin olgan.

COVID-19 bemor onadan tug‘ilajak bolaga o‘tadimi?
26 oktabr 2021, 16:41

COVID-19 bemor onadan tug‘ilajak bolaga o‘tadimi?

Homilador ayollarda koronavirusni davolashda nimalarga e’tibor qaratish zarur? Infeksiyaga chalingan onadan kasallik tug‘ilajak bolaga o‘tadimi yoki bemor ona chaqalog‘ini ko‘krak suti bilan oziqlantirishi mumkinmi? Shu kabi savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Kamola Solihova javo berdi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
26 oktabr 2021, 16:31

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 11,32 so‘mga pasayib, 10 683,68 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Toshkent metropoliteni Rossiyaning yana 20 ta vagonini qabul qildi
26 oktabr 2021, 16:23

Toshkent metropoliteni Rossiyaning yana 20 ta vagonini qabul qildi

Seshanba kuni Rossiyadan Toshkent metropoliteni uchun keltirilgan yangi 20 ta vagonlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» ma’lumotiga ko‘ra, mazkur metro vagonlari yangi texnik yechimlarga ega bo‘lib, elektr energiyasini 35 foizgacha tejaydi. Shuningdek, uchinchi avloddagi asinxron tortuvchi dvigatelining qo‘llanilishi ekspluatatsion xarajatlarni 40 foizgacha qisqartiradi.

Qashqadaryoda YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
26 oktabr 2021, 16:15

Qashqadaryoda YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Qamashi tumanida Nexia avtomashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Damas rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. Oqibatda 3 kishi vafot etgan, yana bir nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Talabalarni ijaraga qo‘yishdan olingan daromadni soliqqa tortmaslik taklif qilindi
26 oktabr 2021, 15:52

Talabalarni ijaraga qo‘yishdan olingan daromadni soliqqa tortmaslik taklif qilindi

Soliq to‘lovchining uy-joylarini talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Moliya vazirligi tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.

Kobulda ayollar o‘z huquqlarini talab qilib, namoyish o‘tkazdi
26 oktabr 2021, 15:20

Kobulda ayollar o‘z huquqlarini talab qilib, namoyish o‘tkazdi

Afg‘oniston poytaxtida ayollar o‘z huquqlarini talab qilib, «BMT sukunati — uyat», «Ayollar — odam», «Biz ochmiz» kabi shiorlar bilan namoyish o‘tkazdi. Ular BMTni «Tolibon»ga ayollar huquqlarini tan olishi uchun bosim o‘tkazishga chaqirdi.

Sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish uchun to‘lanadigan yig‘imlar bekor qilinadi
26 oktabr 2021, 14:02 2

Sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish uchun to‘lanadigan yig‘imlar bekor qilinadi

Avtomobillarni sotib olganda to‘lanadigan yig‘imlar bekor qilinishi kutilmoqda. Moliya vazirligining deputat so‘roviga javoban ma’lum qilishicha, avtomobilni rasmiylashtirish uchun davlat boji miqdori ham qayta ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Rossiyaga COVID-vaksinatsiya sertifikatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi hujjatni yuboradi
26 oktabr 2021, 13:42

O‘zbekiston Rossiyaga COVID-vaksinatsiya sertifikatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi hujjatni yuboradi

O‘zbekistonda boshqa davlatlar bilan emlash sertifikatlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha namunaviy hujjat tayyorlanmoqda. Noyabr oyi o‘rtalarida u ko‘rib chiqish uchun Rossiyaga yuboriladi.

Go‘sht, baliq, kartoshka mahsulotlari QQSdan ozod qilinadi
26 oktabr 2021, 12:12

Go‘sht, baliq, kartoshka mahsulotlari QQSdan ozod qilinadi

Prezident qarori bilan 10 oktabrdan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), kartoshka hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma va O‘zbekistonga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.

Prezidentning rasmiy belgilari qabul qilindi
26 oktabr 2021, 11:50

Prezidentning rasmiy belgilari qabul qilindi

Prezident faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risidagi qonunga davlat rahbarining rasmiy belgilari to‘g‘risidagi moddalar kiritildi. Endi prezidentning o‘z belgisi va shtandarti bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting