«Gazprom» bilan yangi strategik hamkorlik shartnomasini imzolash rejalashtirilmoqda
28 oktabr 2021, 17:21

«Gazprom» bilan yangi strategik hamkorlik shartnomasini imzolash rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston Energetika vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi va «Gazprom» o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Ip kalava eksportiga vaqtinchalik qo‘shimcha to‘lov amaliyoti joriy etilishi mumkin
28 oktabr 2021, 17:05

Ip kalava eksportiga vaqtinchalik qo‘shimcha to‘lov amaliyoti joriy etilishi mumkin

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi xabar berishicha, sentabr oyidan ichki bozorda ip-kalava uchun «asossiz ajiotaj» kuzatilmoqda. Uyushma noyabr oyida ip kalava eksportiga vaqtinchalik qo‘shimcha to‘lov amaliyoti joriy etilishini ma’lum qildi. Iqtisodchi Otabek Bakirov bu «yomon oqibatlar»ga olib kelishini ta’kidlamoqda.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
28 oktabr 2021, 16:52

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

1 AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 7 so‘mga ko‘tarilib, 10 683 so‘m etib belgilandi. Bundan tashqari, yevro va rubl kurslari ham oshdi.

Boks, JCH-2021: Shohjahon Abdullayev nokaut bilan yutqazdi
28 oktabr 2021, 16:39

Boks, JCH-2021: Shohjahon Abdullayev nokaut bilan yutqazdi

O‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Abdullayev Belgradda jahon chempionatidagi birinchi bahsida nokautga uchrab, mag‘lub bo‘ldi. U ikkinchi raund yakunida belgiyalik sportchi Viktor Shelstrayetening o‘ng qo‘l zarbasini o‘tkazib yubordi va birdaniga oyoqqa tura olmadi.

O‘zbekistonda 176 mingdan ortiq bola Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlandi
28 oktabr 2021, 16:04

O‘zbekistonda 176 mingdan ortiq bola Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlandi

O‘zbekistonda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 176 ming 791 nafar bola koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.

Gaz narxidagi tafovutni qoplash uchun budjetdan 1 trln so‘m subsidiya ajratiladi
28 oktabr 2021, 15:34

Gaz narxidagi tafovutni qoplash uchun budjetdan 1 trln so‘m subsidiya ajratiladi

Senatorlar davlat budjetiga o‘zgartishlar kiritish orqali Enegretika vazirligiga «respublika iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiiy gaz sotib olish va sotishning o‘rtacha bahosidagi farqni qoplash uchun subsidiya» sifatida 1 trln so‘m ajratishni ma’qulladi.

Talabalar shaharchasida yong‘in sodir bo‘ldi
28 oktabr 2021, 15:22

Talabalar shaharchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent davlat texnika universiteti yaqinidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida oshxona binosining 120 m.kv maydoni yonib zararlangan, jabrlanganlar yo‘q.

O‘quv muassasidagi zo‘ravonlik haqida xabar berish uchun Telegram-bot ishga tushirildi
28 oktabr 2021, 14:50

O‘quv muassasidagi zo‘ravonlik haqida xabar berish uchun Telegram-bot ishga tushirildi

Oliy ta’lim vazirligi xodima va talaba qizlardan o‘quv muassasalarida sodir etilgan tegajog‘lik, tazyiq, zo‘ravonlik va turli nojo‘ya xatti-harakatlar tahdidiga uchraganligi haqida 1006 ishonch telefoniga yoki @himoya_otv_bot ga murojaat qilishni so‘ramoqda.

O‘zbekistonda talabalar soni yarim milliondan oshdi
28 oktabr 2021, 13:13

O‘zbekistonda talabalar soni yarim milliondan oshdi

O‘zbekistonda 2020/2021 — o‘quv yili boshida 571,5 ming nafar talaba OTMlarda ta’lim olmoqda. Ulardan 311,5 ming nafari yigitlar, 260 ming nafari qizlarni tashkil etgan.

Viza muddati tugagan Afg‘oniston fuqarolari O‘zbekistondan chiqarib yuborilmaydi
28 oktabr 2021, 13:13

Viza muddati tugagan Afg‘oniston fuqarolari O‘zbekistondan chiqarib yuborilmaydi

IIVning ma’lum qilishicha, viza muddati tugagan Afg‘oniston fuqarolari o‘z yurtigi qaytarib yuborilmaydi, chunki jismoniy shaxslar uchun chegaralar hozircha yopiq. Bundan tashqari, vazirlik respublikada bo‘lib turish qoidalarini buzmayotgan xorijliklarning vizalari qoidaga ko‘ra uzaytirilishini qo‘shimcha qildi.

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy bilan ta’minlash tartibi belgilandi
28 oktabr 2021, 12:43 1

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy bilan ta’minlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga 18 yoshga to‘lganida ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, nikoh tuzilgan hollarda esa, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi. Ularga uy-joyga ko‘chib kirish uchun asos bo‘ladigan order berilishi ham belgilanmoqda.

Sardor Umurzoqov JST vakillari bilan tashkilotga a’zo bo‘lish masalalarini muhokama qildi
28 oktabr 2021, 12:13

Sardor Umurzoqov JST vakillari bilan tashkilotga a’zo bo‘lish masalalarini muhokama qildi

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov JST bosh direktori o‘rinbosari Syanchen Chjan bilan uchrashib, tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarning holatini muhokama qildi. Yil oxirigacha JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruhning 5-yig‘ilishi o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda 9 oyda elektromobil importi qariyb 7 baravarga oshdi
28 oktabr 2021, 11:22

O‘zbekistonda 9 oyda elektromobil importi qariyb 7 baravarga oshdi

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga 558 ta elektromobil import qilinib, import hajmi qariyb 7 baravarga oshdi. Ular asosan Xitoydan olib kelinmoqda.

O‘zbekiston Rossiyada ishlash uchun tashkiliy yollash tartibini soddalashtirishni taklif qildi
28 oktabr 2021, 10:57

O‘zbekiston Rossiyada ishlash uchun tashkiliy yollash tartibini soddalashtirishni taklif qildi

O‘zbekiston va Rossiya mehnat vazirliklari mehnat migrantlarini tashkiliy yollash to‘g‘risidagi tartibni soddalashtirishga kelishib olishdi.

Qashqadaryoda Nexia gaz balloni portladi
28 oktabr 2021, 09:44

Qashqadaryoda Nexia gaz balloni portladi

Chiroqchida Nexia avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballon portlashi natijasida 2 kishi og‘ir tan jarohati oldi.

Klaster va fermerlarga bug‘doyni bozor narxida to‘liq erkin sotish huquqi beriladi
28 oktabr 2021, 09:28

Klaster va fermerlarga bug‘doyni bozor narxida to‘liq erkin sotish huquqi beriladi

Kelgusi yildan g‘allachilik klasterlari va fermerlarga yetishtirgan bug‘doyni bozor narxida to‘liq erkin sotish huquqi beriladi. Bunda ular 3 yil davomida har yilgi hosildan gektariga 2,5 tonna g‘allani birja savdolariga erkin narxlarda chiqaradi. «O‘zdonmahsulot» tarkibidagi donni qayta ishlash zavodlari ochiq savdolarga chiqariladi.

Shavkat Mirziyoyev saylovdan keyingi ilk yig‘ilishni o‘tkazib, qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni ma’lum qildi
27 oktabr 2021, 22:24

Shavkat Mirziyoyev saylovdan keyingi ilk yig‘ilishni o‘tkazib, qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev saylovdan keyingi birinchi majlisda qishloq xo‘jaligidagi islohotlar va klasterlar faoliyatidagi muammolarni muhokama qildi. Paxta-to‘qimachilik klasterlari yanada ko‘proq imtiyozli kreditlar, davlat grantlari, mustaqillik va boshqalar beriladi.

O‘zbekistonda masofadan boshqariladigan yirik kalibrli pulemyot ishlab chiqarildi
27 oktabr 2021, 21:47

O‘zbekistonda masofadan boshqariladigan yirik kalibrli pulemyot ishlab chiqarildi

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasiga qarashli korxonalarda masofadan boshqariladigan yirik kalibrli pulemyot namunasi ishlab chiqarildi va hozirda sinovdan o‘tkazilmoqda. Uni zirhli harbiy texnikalarga ham o‘rnatsa bo‘ladi.

27 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
27 oktabr 2021, 21:24

27 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari talaba qizga tegajog‘lik qilgani aytilayotgani, to‘rtta tuman hokimi o‘tib ketgan kunga yig‘ilish chaqirish to‘g‘risida qaror chiqarishi, Senatorlar jamiyatlar vakillari bilan uchrashuvi — “Gazeta.uz"ning 27 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
27 oktabr 2021, 21:16

Jahon yangiliklari dayjesti

Jahon bankining Sudanga yordam berishni to‘xtatgani, Telegram tez orada reklama platformasini ishga tushirishi, Polsha Yevropa Ittifoqi qonunlariga amal qilmagani uchun kuniga 1 mln yevrodan jarimaga tortilgani, Qirg‘izistonda qishloq xo‘jaligi vazirining hozirgi va sobiq o‘rinbosarlari hibsga olingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting