Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 27 oktabrdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 11,32 so‘mga pasaydi va 10 683,68 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 24,92 so‘mga pasaydi va 12 410,16 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 1,54 so‘mga ko‘tarildi va 154,09 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 8,02 so‘mga pasayib, 10,695 so‘mni tashkil qilgandi.