Angela Merkelning Germaniya Federal kansleri lavozimidagi vakolati rasman yakunlandi, GFR prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer unga va hukumatga faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, vakolatlarni tugatish hujjatlarini topshirdi, deb xabar bermoqda Interfaks.

«Ushbu kanslerlikni respublika tarixidagi eng muhimi deb aytish mumkin», — dedi Shtaynmayer seshanba kuni bundestagda hujjatlarni topshirish paytida. 26-oktabr kuni Germaniyaning yangi parlamentining birinchi tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bundan buyon Merkel va GFR hukumatining qolgan a’zolari Germaniyada yangi hukumat tuzilgunga qadar vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritadi.

26 sentabr kuni Germaniyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi, Olaf Shols boshchiligidagi Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi g‘alaba qozondi, Merkel partiyasi ittifoqi XDI / XSI ikkinchi o‘rinni egalladi. Hukumatni shakllantirish bo‘yicha muzokaralar hozirda Sotsial-demokratlar, «Yashillar» va Germaniya erkin demokratik partiyalari tomonidan olib borilmoqda.