Afg‘oniston poytaxti Kobulda bir necha ayollar yana bir bor o‘zlarining huquqlarini ta’minishini talab qilib, namoyish o‘tkazdi. Toliblar mitingni tarqatish uchun kuch ishlatdi, deb xabar berdi namoyish ishtirokchilari RIA Novosti`ga.

Ayollar «BMT sukunati — uyat», «Ayollar — odam», «Biz ochmiz» kabi shiorlar bilan chiqishgan. Namoyishchilardan biri Shiba Rufi RIA Novosti`ga telefon orqali «Tolibon» namoyishga chiqish uchun juda cheklangan vaqt berganini, shundan so‘ng ular olomonni kuch ishlatib tarqatishganini aytgan.

«Namoyish ayollar huquqlarini, ayniqsa, hukumatda ishlash huquqini himoya qilishga qaratilgan edi. Biz o‘z maqsadimizga erishmaguncha, ayollar huquqlari uchun kurashamiz», — deydi Rut.

O‘zini Muska deb tanishtirgan yana bir namoyishchi ko‘plab ayollar toliblardan qo‘rqib, namoyishga qo‘shilmaganini ta’kidladi.

«Biz BMTni «Tolibon»ga ayollar huquqlarini tan olishi uchun bosim o‘tkazishga chaqiramiz», — dedi u.

RIA Novosti eslatib o‘tishiga ko‘ra, toliblar avvalroq ayollar huquqlari himoya qilinishini, lekin Islom dini doirasida bo‘lishini va’da qilgan va ayollarning o‘z ishini bajarishi uchun tegishli qoidalar ishlab chiqishga va’da bergan edi.

Ayollar oldinroq ham Afg‘onistonning bir qancha shaharlarida bir necha bor namoyish o‘tkazib, yangi hokimiyatni o‘z huquqlarini hurmat qilishga, hukumat va mahalliy hokimiyat organlarida vakilligini ta’minlashga chaqirgan edi.

«Tolibon» mamlakatda o‘z nazoratini o‘rnatgan ilk kunlarda endilikda ayollarga munosabat 1990 yillardagi kabi bo‘lmasligi, ayollar huquqlari kafolatlanishi, ular Islom qonun-qoidalari asosida ilm olishlari va ishlashlari mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Toliblar o‘rta ta’limdagi qizlarning maktabga borishini cheklagandi. Kobulda davlat xizmatida ishlovchi ayollarga ishga chiqish taqiqlanib, faqat ayrim kasb egalariga ishlashga ruxsat berildi. «Tolibon» rasmiylari bu holatlarni «xavfsizlik nuqtai nazaridan» deya izohlagan.

So‘ng harakat vakili Zabihulla Mujohid Afg‘onistonda ayollarning ta’lim olishi uchun «sharoit tayyorlanayotgani» va ayollar erkaklar bilan bir xil fanlarni o‘qishini ma’lum qil. «Jinsiga qarab alohida dasturlar bo‘lmaydi va diplomlar dunyoda tan olinadi», — degan edi u.

«Gazeta.uz» The Guardian nashrining Kobuldagi vakiliga tayanib, «Tolibon» harakati Afg‘oniston hududlari va chegaralarida o‘z nazoratini o‘rnatganligi fonida Kobuldagi afg‘on ayoli — talaba qizning kechinmalari yoritilgan maqolasi tarjimasini e’lon qilgan edi.