Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chimyonda qor ko‘chishi xavfi haqida e’lon berdi.

Xabarda aytilishicha, Chimyon hududida 15 fevral soat 08:00dan 15 fevral 08:00 gacha qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.

Fuqarolardan ehtiyot choralarini ko‘rishni va «Diqqat! Qor ko‘chkisi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslik so‘ralgan.

Shuningdek, FVV Qamchiq dovonining 193-kilometridan 263 kilometrigacha bo‘lgan masofasida qor yog‘ayotgani sababli haydovchilarni ogohlantirdi.

«Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, yo‘lni qordan tozalash va muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish ishlarini muvofiqlashtirib bormoqda», — deyiladi xabarda.

FVV haydovchilardan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so‘radi.