️Diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi. To‘liq ro‘yxat (pdf).

Quacquarelli Symonds (QS) World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities tashkilotlari tomonidan xalqaro OTM reytingida birinchi 1000 talik ta’lim muassasalarining 2022 yil uchun ro‘yxati e’lon qilindi.

QS jahon universitetlari reytingida eng yuqori o‘rinlarni AQSh va Buyuk Britaniyadagi OTMlar egallagan. Umumiy hisobda aynan QS World University Rankings reytingi ichidagi 144 ta OTM (14%) AQShda joylashgan. 76 tasi (7%) Buyuk Britaniyada joylashgan. Qolaversa, Rossiyaning 35 ta ta’lim muassasalari ham TOP reytingga kiritilgan. Markaziy Osiyodan faqat Qozog‘istonning 12 ta oliygohi mazkur ro‘yxatda bor. O‘zbekiston OTMlari ro‘yxatda yo‘q.

Foto: Quacquarelli Symonds World University Rankings

Times Nigher Education ro‘yxati reytingida ham eng ko‘p OTM aynan AQShda joylashgan — 169 ta (16%). 93 ta (9%) OTM Buyuk Britaniyadan kiritilgan. Shuningdek, Rossiyaning 18 ta ta’lim muassasasi mazkur ro‘yxatdan o‘rin olgan. Bu reytingda Markaziy Osiyoning birorta OTMi yo‘q.


Foto: Times Nigher Education

Academic Ranking of World Universities ro‘yxatiga ko‘ra, AQShdan 197 ta (19,7%), Buyuk Britaniyadan 66 ta (6,6%), Rossiyadan esa 9 ta. Bu ro‘yxatda ham Markaziy Osiyodan birorta OTM mavjud emas.



Foto: Academic Ranking of World Universities

Ma’lumot uchun, ushbu ro‘yxatga kiritilgan, ya’ni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida olingan diplomlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi. Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, hujjatlarni tan olish uchun talabgorlar tomonidan bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilishi kerak bo‘ladi.