Andijondagi tibbiy muassasada yuz bergan portlashda 56 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV matbuot xizmati bayonotida xabar berildi.

Xabarda aytilishicha, halok bo‘lgan fuqaroning jasadi yaqin qarindoshlari tomonidan Qirg‘iziston Respublikasiga yetkazilgan.

Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi tibbiy markazida portlash 11 fevral kuni yuz bergan edi. FVV portlash oqibatida 1 kishi halok bo‘lgani, 11 kishi jarohatlangani ma’lum qilgan. Voqea guvohlari portlashda halok bo‘lganlar soni bir kishidan ko‘proq ekanligini ta’kidlashgan edi.

Bosh prokuratura axborotiga ko‘ra, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.