13 fevral, yakshanba kuni holatiga O‘zbekistonda 322 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi, deb xabar berdi SSV.

Juma kuni 504 tagacha kamaygan kunlik holat ko‘rsatkichi, shanba kuni 439 taga tushgan.

Kecha eng ko‘p holat Toshkent shahri (122 ta), Toshkent viloyati (56 ta), Surxondaryo (19 ta), Samarqand (18 ta) va Andijonda (15 ta) qayd etilgan.

Bir kun ichida poytaxtning o‘zida 542 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar umumiy soni 218078 nafarga (93%) yetdi.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1604 nafarni tashkil qildi.

Qolaversa, kecha 61 nafar (shanba kuni 76 nafar) kishida pnevmoniya aniqlandi.