Ayrim Telegram-kanallar tomonidan Termiz shahri atrofida O‘zbekiston harbiylari Afg‘oniston hududidan raketalar bilan o‘qqa tutilgani to‘g‘risida tarqatilayotgan xabarlar «mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», deya ma’lum qildi O‘zbekiston prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

«O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Chegara qo‘shinlari bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida hech qanday harbiy faollik kuzatilmayapti, vaziyat barqaror», — deya ta’kidladi Sherzod Asadov.

«Provokatsiyalarga berilmasligingizni so‘raymiz», — deya murojaatini yakunladi davlat rahbari matbuot kotibi.

O‘zbekiston harbiylari o‘qqa tutilganligi haqidagi xabar, jumladan, «Voyennыy obozrevatel» va «Militarist» Telegram-kanallarida paydo bo‘ldi.