Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan O‘tkirjon Qodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ushbu lavozimdan bo‘shatildi.

Bungacha u Qishloq xo‘jaligi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

O‘tkirjon Qodirov 1984 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tugallagan.

Shuningdek, bundan oldin O‘tkirjon Qodirov O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, prezident Administratsiyasi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida mas’ul lavozimlarda ishlagan.