Qodirov Alisher Abdulaxatovich Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Alisher Qodirov (1975 y. t.) Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti va Toshkent davlat yuridik institutlarini tamomlagan. U mehnat faoliyatini 1992 yilda Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasi Soliq tushumlarini jamlash va nazorat qilish bo‘limi davlat soliq inspektorligidan boshlagan.

U 2021 yil iyul oyidan buyon Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.