Uydan yoki ofisdan chiqmasdan bayram uchun qarindosh va yaqinlarga sovg‘a izlash, kosmetika, bolalar uchun mahsulotlar, oziq-ovqat, go‘zallik va salomatlik uchun ko‘plab boshqa mahsulotlarni tanlash, bir so‘z bilan aytganda foydali xaridni amalga oshirishga savii.uz sayti yordam beradi.

2021-yil noyabrda barchaga mashhur Savii dorixonalar tarmog‘i o‘z filiallarida sotilayotgan mahsulotlarni xarid qilish poytaxt va viloyatlarda istiqomat qilayotgan barcha aholiga qulay bo‘lishi uchun yangi saytni ishga tushirdi.

Sayt katologida Yevropa (Vichy, La Roche-Posay, Sebamed, Lierac, Phyto va boshqalar), AQShdagi dunyoning yetakchi brendlaridan birilarining sertifikatlangan minglab mahsulotlari, hozirda ommalashgan koreys kosmetikasi yangiliklari, yapon kosmetikasi, dori vositalari, vitaminlar, BFQlar, tibbiy buyumlar va boshqalar mavjud. Kompaniya faqat rasmiy yetkazib beruvchilar bilan ishlaydi, saqlash va tashish qoidalariga rioya qiladi. Barcha mahsulotlar hujjat, qo‘llash uchun yo‘riqnomalar va sertifikatlarga ega.


Savii mos keladigan kosmetikani tanlash qanchalik mushkul ish ekanligini yaxshi tushunadi. Shu sababli do‘kon assortimentida barcha turdagi teri uchun vositalar mavjud.

Onalar asosan bolalar kosmetikasi, bola parvarishi vositalari, go‘dak va kichik yoshdagi bolalar aralashmalarni izlaydilar. Sneklar, batonchalar, yong‘oqlar, foydali choylar va boyitilgan mineral suvlari nafaqat mazali, balki foydali tamaddi qilib olishga yordam beradi.

Kerakli mahsulotni topish oson bo‘lishi uchun mahsulot narxi, brendi, turi, ko‘rsatmasi va tarkibi bo‘yicha filtrlar mavjud.


Veb-saytda yoki dasturda ro‘yxatdan o‘tishda har bir mijoz loyallik kartasini bepul oladi. Bu sizga onlayn-do‘konda va dorixonada har bir xariddan 1% keshbek olish imkoniyatini beradi. Ballar 24 soat ichida kartaga o‘tkaziladi.

Do‘konda moslashuvchan to‘lov tizimi mavjud bo‘lib, har bir mijoz o‘zi uchun qulay to‘lov usulini tanlashi mumkin. Xaridlar naqd pul, Uzcard va Humo kartalari, shuningdek to‘plangan ballar orqali amalga oshiriladi. Toshkent bo‘ylab yetkazib berish xizmatlari xaridorning uyiga qadar amalga oshiriladi, shuningdek, eng yaqin dorixonadan olib ketish imkoni ham mavjud. Buyurtmalar menedjer bilan tafsilotlarni muhokama qilgandan so‘ng, pochta orqali yuboriladi.


Aksiyalar va hamyonbop xaridlar

Saytda muntazam ravishda aksiyalar o‘tkaziladi, ularda sifatli va ommabop mahsulotlar qulay narxlarda taqdim etiladi.

Aprelda quyidagi uchta aksiya bo‘lib o‘tmoqda:

  • katologning barcha assortimentiga 25 foizgacha chegirmalar (“Dorilar”, “Vitamin va BFQlar” toifalari bundan mustasno);
  • “Birgalikda arzonroq” aksiyasi. La Roche-Posay, Vichy, Topicrem, Natura Siberica mashhur brendlarining to‘plamlariga chegirmalar.
  • Topicrem`dan aksiya — 300 ming so‘mlik mahsulot xarid qilgan har mijozga lab balzami va ikkita miniatyura sovg‘a qilinadi. Aksiya faqat savii.uz saytidan buyurtma qilganda amal qiladi. Sovg‘alar soni cheklangan. Aksiyaning amal qilish muddati dorixonaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.

Sayt: savii.uz

Reklama huquqlari asosida.