Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor o‘tkazildi, deya xabar berdi Departament matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, fuqarolar M. M. va S. N. «D.-» MCHJ rahbari X.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkentda faoliyat yurituvchi tijorat bankidan 2 mln AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan. Fuqarolar buning evaziga, kredit summasining 5 foizini hisoblab, ya’ni 100 ming dollar ustama puli so‘rashgan. Ular shundan 55 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.