Samarqandda fuqaroni soxta hujjatlar bilan SamDUga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi, deya xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.

Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.X. boshqa fuqaro Sh. ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida Qozog‘istondagi universitetlardan birida 3 yil o‘qiganligi to‘g‘risida soxta hujjatlar tayyorlab berish orqali uni Samarqand davlat universiteti «Iqtisod» fakultetining 2-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan. Gumonlanuvchi buning evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.