Poytaxtdagi «A.A.» kompaniyasining kassiri B. R. aprel oyida xaridorlarning 1,6 mlrd so‘mlik 152 ta cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazib, 16,48 mln so‘mdan ortiq keshbek ishlab olgani ma’lum bo‘ldi.

Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati «shubhali» cheklar uchun to‘lab berilgan summa to‘liq bekor qilinganini ma’lum qildi.

O‘z navbatida, kassir tomonidan bir oy ichida 1,8 mlrd so‘mlik 443 ta chek rasmiylashtirilib, 18 mln so‘mdan ortiq keshbek jamg‘arilgani aniqlangan.

Hukumatning 12 maydagi [255-son] qaroriga muvofiq, DSQ onlayn nazorat kassa texnikasi chekini soliq organlarining mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxsdan uning haqiqiy xaridlari to‘g‘risidagi tasdig‘ini so‘rab olishga, xarid haqiqatda ushbu jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirganligi shubhali bo‘lgan taqdirda tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.