Germaniya

«Bundesmanshaft» jahon chempionatlarida barcha medallar bo‘yicha pokerga erishgan — 1954, 1974, 1990 va 2014 yillarda oltin, 1966, 1982, 1986, 2002 yillarda kumush va 1934, 1970, 2006 va 2010 yilgi jahon chempionatlarida esa bronzani qo‘lga kiritgan. Bu safargi jahon birinchiligi Germaniya uchun umumiy hisobda 21-si va ketma-ket 18-si bo‘ladi.

Garchi Germaniya terma jamoasi saralash o‘yinlarida o‘z maydonida Shimoliy Makedoniyaga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, dunyoda birinchi bo‘lib Qatardagi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Biroq, buyuk jamoalarga yarasha, hatto makedoniyaliklarga yengilishdan ham nemislar o‘zlariga foyda olishdi. Muvaffaqiyatsiz Yevro-2020da izlanishda bo‘lgan Yoaxim Lyov o‘rniga termaga yangi murabbiy — Xans-Diter Flik keldi. Uning rahbarligida jamoa yil davomida o‘yinda sezilarli yutuqlarga erishdi.

Germaniya terma jamoasining kuchli tomonlarini sanab o‘tadigan bo‘lsak, avvalgidek, darvozabon va himoyadan boshlash kerak bo‘ladi: bugungi kunda nemis jamoasida har bir chiziqda harakat qiluvchilar, ayniqsa posbon Manuel Noyer sardorligida, dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri hisoblanishadi. Biroq, yangilangan «motorli» «bundesmanshaft»da asosiy chempionlik salohiyatini maydon markazida ko‘rish mumkin. «Bavariya»ni boshqarganidan keyin Flik Kimmix-Goretska-Myuller Myunxen triosini tikladi va bu jamoaning yo‘nalishini qaytadan yaratdi va murabbiyga terma jamoani yanada o‘zgartirish imkoniyatini berdi.

Foto: IMAGO / ActionPictures

Nemis jamoasida zaif tomonlarni topishga urinmoqchi bo‘lsangiz, e’tiboringiz oldingi chiziqqa tushadi — «Leypsig»ga qaytgan Timo Verner va «Chelsi»dagi uning sobiq jamoadoshi Kay Xavers har doim ham forvard sifatida muvaffaqiyat qozonavermaydi. Guruhdan chiqish masalasini muhokama qilishga hojat yo‘q: 2-turdan o‘rin olgan Germaniya va Ispaniya uchrashuvi natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, har bir jamoaning imkoniyatlarini chalkashtirib yuborishi dargumon.

Ispaniya

2010 yilgi jahon chempioni. «Furiya Roxa» uchun Qatarga sayohat jahon chempionatidagi 17-ishtiroki bo‘ladi, 1978 yildan buyon Ispaniya terma jamoasi jahon chempionati final bosqichida doimiy tarzda ishtirok etib kelmoqda. O‘zlarining eng yaxshi yillarida ispanlar asosan ajoyib jamoaviy ish tufayli raqiblardan ustunlik bo‘lib kelishgan.

Ispaniyaliklar bosh murabbiyi Luis Enrike Yevro-2020'dan buyon o‘z jamoasi modelini ishlab chiqishda davom etmoqda: jamoa yuqori pressing va to‘pga egalik qilish bo‘yicha yuqori foizlarni namoyish etmoqda. Ispanlar uchun an’anaviy holga aylangan «haddan tashqari ehtiyotkor o‘yin» ko‘rsatayotganlik ayblovlari bu safar o‘zini ko‘rsatadi. Qatardagi o‘ziga xos iqlim sharoitida raqibni charm to‘pni tortib olish uchun ter to‘kishga majbur qila oladigan jamoalarda g‘alaba qozonish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Foto: Daisuke Nakashima / RNZ

To‘liq nazorat — ispanlar uchun eng yaxshi himoya. Shuningdek, «Atletik Bilbao»ning asosiy darvozaboni Unay Simon ham bor, u muhim o‘yinlarda stressni yengib o‘tishni va hatto «ilojsiz» to‘plarni ham qaytara olishini bir necha bor ko‘rsatgan. «Barselona» futbolchisi Jordi Alba o‘z klubida chap qanot himoyachisidan ko‘p qirrali futbolchiga aylandi. Enrike ham tajriba va yoshlik uyg‘unligidan muhim muvozanatni topa oldi: terma jamoada 2010 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan Buskets kabi tajribali faxriylar va istiqbolli yoshlar — Pedri, Gavi, Fati bor.

Jamoaning eng zaif bo‘g‘ini bu hujum chizig‘i. Fernando Torres va David Vilya davri allaqachon o‘tib ketgan, ammo hozirgi asosiy hujumchilar Ferran Torres va Alvaro Morata mahoratli bo‘lishsa-da, ammo juda ajoyib hujumchilar ham emas. Biroq, Enrikening jamoasida deyarli hamma gol urishi mumkin. Ispaniya, albatta, guruhdan chiqadi, faqat bitta savol ochiq qolmoqda: ikkinchi o‘rindami yoki birinchi. Bu esa uning jahon chempionatidagi keyingi yo‘lini belgilab beradi.

Kosta-Rika

Oltita jahon chempionati ishtirokchisining eng muvaffaqiyatli ishtiroki 2014 yilda Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati ry bergan, o‘shanda «los tikos» Niderlandiyaga penaltilar seriyasida yutqazib, chorak finalga qadar yetib kelgan.

Kosta-Rikaliklarning hozirgi jamoasi yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatidagi eng keksa jamoalardan biri hisoblanadi. Darvozabon Navas, himoyachilar Uoston va Ovedo, yarim himoyachi Ruis va hujumchi Kempbell Braziliyadagi muvaffaqiyatlarini eslashga urinishadi. Ammo aynan faxriylar tufayli Kosta-Rika final bosqichida pley-offda yangi zelandiyaliklarni chetlab o‘tib, turnirning final qismiga yo‘l oldi — yagona gol 30 yoshli Joel Kempbell tomonidan kiritildi.

Foto: FIFA

Bunday vaziyatlarda jamoa ustozi kolumbiyalik Luis Fernando Suares yagona mumkin bo‘lgan «qurolga» — jamoaning hamjihatligi va har doim musobaqa davomida o‘yinchilarni almashtirib turish imkoniyatiga tayanadi. Maydonda asosiy rolni xarizmatik yetakchi va darvozabon Keylor Navas o‘ynashda davom etmoqda. Uni termada «Pantera» chaqirishadi. U endi oldingidek kuchli va chaqqon bo‘lmasligi mumkin, ammo jamoadoshlari Navasga o‘z san’atini ko‘rsatish uchun ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etishini oldindan tahmin qilish mumkin.

Shunday bo‘lsada, Kosta-Rika ushbu guruhdagi so‘nggi o‘rin uchun birinchi nomzod bo‘lib ko‘rinadi. Aftidan, «los tikos»ning kuchi bitta o‘yin uchun yetarli bo‘lishi mumkin, ammo uchala o‘yin uchun dosh bera olishi — bu eng haqiqiy muxlislarning orzusi. Tezkor yaponlarga qarshi asosiy guruh o‘yinidagi «olishuv» O‘zbekistonga qarshi o‘tkazilgan sparring o‘yindagi kambekdagidek bo‘lishi mumkin, o‘shanda kosta-rikaliklar qo‘shib berilgan vaqtda g‘alabani ilib ketishgan.

Yaponiya

«Moviy samuraylar» Qatardagi musobaqada yettinchi bor jahon chempionatida ishtirok etishadi. Yaponlar uch marta pley-offga chiqishgan: 2002, 2010 va 2018 yillarda, lekin 1/8 finaldan nariga o‘ta olishmagan. Biroq, Qatarda bu jamoaning o‘yinlarini kuzatish zerikarli bo‘lmasligi aniq.

Yaponlar haqida gapirganda «tezlik» va «texnika» so‘zlari ko‘p takrorlanadi. Agar Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Yaponiya terma jamoasi bu fazilatlarni biroz behuda va bema’nilik bilan namoyish etgan bo‘lsa, yangi murabbiy Xajime Moriyasu qo‘l ostida so‘nggi to‘rt yil ichida kuchni qayerga va nima uchun sarflash kerakligini tushunishdi.

So‘nggi yillarda Yaponiya o‘zining eng yaxshi o‘g‘lonlarini Yevropa tajribasi uchun ekspeditsiyalarga faol tarzda yo‘naltirmoqda. Agar ilgari ular uni asosan skameykalarda yig‘ishgan bo‘lsa, endi ularni borgan sayin ko‘proq asosiy tarkibda ko‘rmoqdamiz. Yarim himoyachi Daichi Kamada bir necha yillardan beri Germaniyaning «Ayntraxt» klubida muvaffaqiyatli o‘ynab kelmoqda. Sobiq vunderkind Takefusa Kubo Ispaniya La Ligasini puxta o‘zlashtirgan, texnikasi va o‘yinni ko‘rish qobiliyati uchun mahalliy jamoatchilik tomonidan «yapon Messisi» deb atalgan. Himoyachi Ko Itakura, uni sotib olgan «Manchester Siti»dagi yuqori raqobat sharoitida Germaniya Bundesligasi klublarida ijara asosida muvaffaqiyatli to‘p surmoqda.

Foto: Kyodo

Hozirgi Yaponiya terma jamoasi, tajribali Nagatomo va Yoshidani hisobga olmaganda, hali yosh, biroq jahon chempionatida tajriba ko‘pincha hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining 1/8 finalida Belgiya bilan o‘yinda ikkita gol urib, hisobda oldinda borayotgan yaponlar o‘yinni «quritmadi», buning oqibatida so‘nggi 20 daqiqada uch marta gol o‘tkazib yubordi. Ehtimol, «samuraylar» to‘rt yil avvalgi xatosini Qatarda guruh bosiqichida takrorlashlari mumkin.

«F» guruhi bilan tanishuv — 12 noyabr, shanba kuni «Gazeta.uz»da.