RTL Alliance Xitoydan yuklarni qisqa vaqtda yetkazib berishga nima imkon beradi?
10 noyabr 2022, 09:00

RTL Alliance Xitoydan yuklarni qisqa vaqtda yetkazib berishga nima imkon beradi?

RTL Alliance halqaro transport-logistika kompaniyasining asosiy afzalliklaridan biri — bu Xitoydan yuklarni tez yetkazib berish hisoblanadi.

Respublika bo‘ylab gaz «zapravkalari» faoliyati vaqtincha cheklanadi
10 noyabr 2022, 00:07

Respublika bo‘ylab gaz «zapravkalari» faoliyati vaqtincha cheklanadi

«O‘ztransgaz» ob-havoning sovuqlashuvi sharoitida aholi, iste’molchilar hamda ijtimoiy soha obyektlari, shuningdek, strategik ahamiyatga molik korxonalarni tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida 9 noyabrdan boshlab barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari maxsus jadval asosida ishlashini ma’lum qildi.

Ijtimoiy sohada «tejamkorlik», obodonlashtirish uchun esa me’yoridan ortiq xarajatlar: Toshkent shahar budjeti qanday sarflanmoqda?
9 noyabr 2022, 23:45

Ijtimoiy sohada «tejamkorlik», obodonlashtirish uchun esa me’yoridan ortiq xarajatlar: Toshkent shahar budjeti qanday sarflanmoqda?

Toshkentning I yarim yillikdagi budjet xarajatlari tahliliga ko‘ra, hokimlik ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari, jumladan, maktab, bolalar bog‘chasi va shifoxonalarni ta’mirlashga belgilanganidan kam mablag‘ ajratgan. Shu bilan birga, obodonlashtirish, qurilish va «boshqa xarajatlar» miqdori keskin oshgan.

«Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi
9 noyabr 2022, 22:50

«Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi

O‘zbekistonda 2023 yildan «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi. Uning doirasida tadbirkorlar intellektual faoliyat natijalarini nazorat qilinadigan muhitda sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish soddalashtiriladi
9 noyabr 2022, 22:36

Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish soddalashtiriladi

Prezident tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni cheklovchi, uning chegaralarini belgilovchi farmonni imzoladi. Tadbirkorlik subyektlari uchun tartibga solish yukini kamaytirish bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligida ishchi guruh tuzildi.

Navoiyda ikki yigitning hokimiyat binosi oldida to‘pponchadan o‘q uzgan videosi tarqaldi
9 noyabr 2022, 21:48

Navoiyda ikki yigitning hokimiyat binosi oldida to‘pponchadan o‘q uzgan videosi tarqaldi

Tarmoqlarda 2 nafar shaxsning Navoiy viloyat hokimiyati binosi oldida to‘pponchadan o‘q uzgan videosi tarqaldi. IIV video aslida avgust oyida tasvirga olingani va tartibbuzarlarning biri maktab o‘quvchisi ekanini ma’lum qildi. Hozirda tergov oldi surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Rossiya qo‘shinlari Xerson shahrini tark etadi
9 noyabr 2022, 21:18

Rossiya qo‘shinlari Xerson shahrini tark etadi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu rus qo‘shinlarini mudofaa uchun Dneprning chap qirg‘og‘iga olib chiqish haqida buyruq berdi. Bu Rossiya Xerson shahrini tark etishini anglatadi.

Qo‘qonda IIB hibsxonasidagi mahkum vafot etdi
9 noyabr 2022, 17:05

Qo‘qonda IIB hibsxonasidagi mahkum vafot etdi

Qo‘qon shahar IIB hibsxonasida saqlanayotgan mahkum vafot etdi. Uning o‘limiga yurak kasalligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

AKFA Medline mutaxassislari AQSh standartlariga muvofiq shoshilinch tibbiy yordam usullarini o‘rgatish huquqiga ega bo‘ldi
9 noyabr 2022, 17:00

AKFA Medline mutaxassislari AQSh standartlariga muvofiq shoshilinch tibbiy yordam usullarini o‘rgatish huquqiga ega bo‘ldi

Klinika AKFA Medline yurak-o‘pka reanimatsiyasi sohasida yangi imkoniyatlarni va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini joriy etmoqda.

Wildberries Toshkentda logistika kompleksini tashkil qiladi
9 noyabr 2022, 16:30

Wildberries Toshkentda logistika kompleksini tashkil qiladi

Rossiyaning Wildberries marketpleysi Toshkentda O‘zbekistondan tayyor mahsulotlar — to‘qimachilik, charm, qurilish materiallari va elektr jihozlarini sotish bo‘yicha to‘laqonli logistika majmuasini tashkil qiladi. Loyiha qiymati 130 mln dollarga teng.

Madaniyat vazirligi 15,5 mlrd so‘mga sotib olingan yuk mashinalari bo‘yicha izoh berdi
9 noyabr 2022, 15:42

Madaniyat vazirligi 15,5 mlrd so‘mga sotib olingan yuk mashinalari bo‘yicha izoh berdi

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi 15,5 mlrd so‘mga ikkita «mobil sahna» sotib oldi. Ma’lum qilinishicha, ushbu xarid prezident qarori talablarini bajarish uchun amalga oshirilgan. «Asosiy maqsad — barchaga birdek madaniy hordiq chiqarish uchun shart-sharoit yaratish», — deyiladi vazirlik izohida.

Turkiy davlatlar tashkiloti Investitsiya jamg‘armasi ta’sis etiladi
9 noyabr 2022, 15:34

Turkiy davlatlar tashkiloti Investitsiya jamg‘armasi ta’sis etiladi

Turkiy davlatlar tashkiloti Investitsiya jamg‘armasi ta’sis etiladi. Tashkilotga a’zo davlatlarning iqtisodiyot va savdo vazirlari tegishli bitimni imzolashni kelishib oldi. Jamg‘arma savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishiga ishonaman, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev.

Toshkent va Samarqanddagi arxitektura-qurilish institutlari universitetga aylantirildi
9 noyabr 2022, 15:19

Toshkent va Samarqanddagi arxitektura-qurilish institutlari universitetga aylantirildi

Prezident qarori bilan, Toshkent va Samarqanddagi arxitektura-qurilish institutlari universitetga aylantirildi. OTMlarda darslar o‘zbek, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kredit-modul tizimi asosida olib boriladi. Shuningdek, universitetlar huzurida texnopark va inkubatsiya markazi tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga bordi
9 noyabr 2022, 14:52

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga bordi

Shavkat Mirziyoyev 10−11 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga bordi. Davlat rahbari tadbir oldidan Imom Buxoriy maqbarasi va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

Muqaddam sudlanganlar maktablarda rahbar bo‘lishi taqiqlanishi mumkin
9 noyabr 2022, 14:40

Muqaddam sudlanganlar maktablarda rahbar bo‘lishi taqiqlanishi mumkin

«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha kiritish bo‘yicha qonun loyihasiga ko‘ra, bir qator toifadagi shaxslarning umumiy o‘rta ta’lim tizimida rahbar lavozimiga tayinlashni taqiqlash taklif etilmoqda. Ular orasida muqaddam sudlangan va sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar bor.

Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasiga tamal toshi qo‘ydi
9 noyabr 2022, 13:41

Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasiga tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasiga tamal toshini qo‘ydi. U 2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari uchun qurilmoqda. Loyihaning qiymati 289 million dollardan oshadi. Musobaqadan so‘ng majmuada Sport vazirligi, federatsiyalar va O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyat ko‘rsatadi.

FT: O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidan Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni so‘ramoqda
9 noyabr 2022, 13:17

FT: O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidan Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni so‘ramoqda

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidan Alisher Usmonovga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishni so‘radi. Financial Times’ning yozishicha, O‘zbekiston tomoni bu iltimosni amaldagi cheklovlar milliarderning mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritishiga xalal berayotgani bilan izohlagan.

«O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni ta’sis etildi
9 noyabr 2022, 11:30

«O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni ta’sis etildi

Prezidentning «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishonini ta’sis etish borasidagi farmoni qabul qilindi. Nishon bilan mamlakat fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

O‘zbekistonda 5 yildan kafolat va yillik stavkasi 5% dan boshlanadigan imtiyozli kreditlar asosida Chery sotuvlari boshlandi
9 noyabr 2022, 11:00

O‘zbekistonda 5 yildan kafolat va yillik stavkasi 5% dan boshlanadigan imtiyozli kreditlar asosida Chery sotuvlari boshlandi

Chery Automobile Co. Ltd kompaniyasi brendning modellari, narxlari va xarid shartlari haqida ma’lumot berdi.

Jizzaxda hokim yordamchisi pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi
9 noyabr 2022, 10:49

Jizzaxda hokim yordamchisi pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida hokim yordamchisi 2000 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olingani aytilmoqda. U tadbirkorlarga qurilmagan 10 ta issiqxona uchun 330 mln so‘m mablag‘ni jamiyat hisob-raqamiga o‘tkazishda yordam berishini va’da qilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting